«Real» sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Ingliz matbuoti, xususan The Sun xabariga ko'ra, fransiyalik mutaxassisning xizmatlariga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, mankunianliklar Joze Mourino iste`foga chiqarilgan taqdirda Zidan nomzodiga murojaat qilishni mo'ljallab qo'yishgan.
Avvalroq Zidanning «Yuventus» klubi ustozi bo'lishi haqidagi xabarlar tarqalgan, Turin klubi bu ma`lumotni rad etib chiqqandi.
46 yoshli mutaxassis 2016-2018 yillarda «qaymoqranglilar» bilan uch marta Chempionlar ligasida g'olib chiqdi.