У нас есть только
оригинальные песни

XOTIRALARIM...

calendar 01.11.2012
4728
 

 XOTIRALARIM...

 O'tmishim...Unutdim deya aytayotgan o'sha tuyg'ular qayta jonlanib,meni so'roqqa tutayotgandek go'yo.Xotiralar...Hayolimda kechagi kun kabi...Unutilgan tuyg'ularim,hayollarim o'ylarimni tark etgisi kelmaydi...O'rtada ojiz sevgi azoblanadi...Dard borgan sari yuragim ezadi...Seni o'ylaganim sayin uning yarasi qayta-qayta yangilanaveradi!Nahot unutilgan, xotiraga aylangan o'sha muhabbat yana qo'limga qalam olishga majbur qilmoqda???!!Hayotdan to'ydim...Odamlardan qochdim... Yolg'izlik istadim... Ammo o'zimdanchi??? O'z-o'zimni qanchalik tark eta oldim?O'zimdan qanchalik bekina oldim?Bir vaqtning o'zida sevgi,nafrat,sog'inch...Unsiz yolg'izlik ham seni eslatadi.
 Seni eslayman ko'zlarimda yosh,
 Azoblarga berolmay bardosh.. 
 Kuyinmagin telba yuragim!
 O'kinmagin bo'lib qolgin tosh!!! 
 Sen sevasan bilaman men ham,
 Unutmading men ham unutmam.. 
 Sevgimizni qalbga muhrlab, 
 O'tsa umrim qilmasin alam!!! 
 Tuyg'ularim hissiz qoldilar.. 
 Qadamlarim izsiz qoldilar,
"Qani u?" deb yurak so'raydi, 
 Tillarim lol so'zsiz qoldilar...
 Seni yurak qumsaydi bot-bot... 
 Nega achchiq qismat qildi bizni YOT?!
 * * *
 Men bilaman jonim xijron yo'q asli 
Dilingni o'rtagan sog'inchlar xolos.
 U balki o'rtanar ayni yoz fasli 
Chunki gullamadi sen sevgan gilos.
 Men bilaman jonim xijron yo'q asli,
 Faqat yuragingga o'rnashgan alam .
Umid boru ammo yo'llaring xazon ,
Shuning uchun qo'lingga tutqazgan qalam .
Men bilaman jonim xijron yo'q asli 
Xech qachon bo'lmagan dunyoda .
Oshiqni aldovchi armon u xolos 
Tovush yo'q,ko'z so'qir kulgu yo'q unda .
Men bilaman jonim xijron yo'q asli
 Sog'inch xukm surar unda to abad.
 Mayli o'shal dardlar xijron bo'lsa gar 
Barisin boisi sevgi muxabbat!!!