Angliya terma jamoasi hujumchisi Jeymi Vardi Еvropa chempionati guruh bosqichi doirasidagi Uelsga qarshi o'yin oldidan yuqori darajadagi nikotin qo'shilgan tamakili saqich chaynagan. Daily Telegraph muxbirlari futbolchini energetik ichimlik va saqich iste'mol qilayotganda ko'rib qolishadi.
"Agar men o'yindan oldin trenajor zaliga borganimda bu meni lanj qilib qo'yardi. Har kimning o'z yo'li bor, bu mening o'yinga tayyorlanish usulim",- deydi Angliya chempioni.
Eslatib o'tamiz, Uelsga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushgan Vardi 10 daqiqa o'tmay hisobni tenglashtirgan edi.