У нас есть только
оригинальные песни

UFC tasdiqladi: Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor o‘rtasidagi jang 6-oktabrda bo‘lib o‘tadi

calendar 05.08.2018
1454

Aralash jang san’ati (MMA) jangchilari — Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor 6-oktabr kuni ringda uchrashadi. Buni UFC kompaniyasi tasdiqladi, deya xabar bermoqda Meduza.

Avvalroq MMA’ning eng taniqli ikki vakili o‘rtasidagi jang aynan shu sanada o‘tishi haqida Habibning otasi va murabbiyi aytgan edi. Jang Las-Vegasda, UFC 229 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Rossiyalik Habib Nurmagomedov — MMA’dagi taniqli jangchilardan biri, yengil vaznda UFC’ning amaldagi chempioni. U faoliyati davomida 26 ta jang o‘tkazib, ularning birortasida mag‘lub bo‘lmagan. U chempionlik sovrinini 2018-yil aprelida qo‘lga kiritgan edi.

Irlandiyalik Konor Makgregor — MMA’ning eng asosiy yulduzlaridan biri. 2016-yili yengil vaznda UFC chempionlik sovrinini qo‘lga kiritgan, biroq uzoq vaqt davomida chempionligini himoya qilish jangini o‘tkazmagani uchun, sovrindan mahrum bo‘lgan.

Makgregor 2017-yili MMA’dagi ishtirokini vaqtincha to‘xtatib, klassik boks qoidalari asosida bokschi Floyd Meyvezerga qarshi jang o‘tkazgan (va yutqazgan).