Twitter rasman Kanada, Avstraliya va Yangi Zenlandiya uchun tvitlarni tahrirlash funksiyasini tarqatayotganini e'lon qildi. O'tgan hafta kompaniya tahrirlangan tvit qanday bo'lishini misol tariqasida ko'rsatgan edi.
Ma'lum bo'lishicha, tahrirlangan tvitlar oddiylaridan deyarli farq qilmaydi, shunchaki ularning ostida tvit tahrirlanganligini anglatadigan kichik qalam belgisi va tvit oxirgi marta qachon tahrirlanganligi sanasi bo'ladi. Uning ustiga bosish bilan siz tahrirlashdan avvalgi tvitni ko'rishingiz mumkin bo'ladi.
Twitter qo'llab-quvvatlash markazining bergan ma'lumotlarga ko'ra, tvit yozilgandan keyin uni tahrirlash uchun 30 daqiqagacha vaqt beriladi. Tvitlarni faqat besh martagacha tahrirlash mumkin. Shuningdek, aytish kerakki, siz faqat yangi qo'ygan tvitingizni tahrirlay olasiz xolos: tvitlarga berilgan javoblar, qayta tvit qilinganlar, yuqoriga qadalgan tvitlar va boshqalarni tahrirlash hozircha imkonsiz.
Tvitlarni tahrirlash hozirda faqat Twitter Blue pullik obunasiga egalari uchun.