У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentda tungi «uchar»lar ushlandi

calendar 31.07.2018
2121

Toshkentda tungi vaqtlarda moto va avtotransport vositalarida poyga uyushtirayotgan huquqbuzlarga qarshi kurash davom etmoqda.

29-iyuldan 30-iyulga o‘tar kechasi YPX tungi patrullash guruhi xodimlari tomonidan aholi tinchiligini buzib, ularning noroziligiga sabab bo‘layotgan ushbu toifa haydovchilardan yana biri nechtasi aniqlandi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.

Bir kechada shahar bo‘yicha avto-mototransport vositalari haydovchilari tomonidan jami 487 ta qoidabuzarlik qayd etildi.

YPX xodimlari tezlikni oshirib harakatlanayotgan 22 nafar haydovchini to‘xtatishgan, ulardan 12 nafari mototsiklchilardir. Shundan 3 kishi mast holda mashina boshqargani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, 6 nafar mototsiklchining hujjatlari yo‘qligi, 2 nafari shlemsiz ekani, 4 nafarida davlat raqam belgisi standartga mos emasligi aniqlandi. Umumiy hisobda 24 nafar haydovchining tegishli hujjatlarsiz avtomobil boshqargani, 33 nafari svetofor qizil chirog‘i va yo‘l belgilariga bo‘ysunmagani, 214 nafari xavfsizlik kamari taqmaganligi qayd etildi. Ularning barchasiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzildi. Transport vositalari esa jarima maydoniga qo‘yildi.

Яндекс.Метрика