У нас есть только
оригинальные песни

Telefoniga tikilib qolgan ayol qizi cho'kib ketayotganini sezmay qoldi

calendar 31.08.2018
1264

Xitoyning  Futszyan provinsiyasi  Fuchjou shahrida ona qizi sun`iy hovuzda cho'kayotganini bir daqiqadan ortiqroq vaqt davomida payqamadi. Bu haqda  Daily Mail xabar bermoqda.

Bir yoshli qizcha tug'ilgan kuni munosabati bilan basseynga olib borilgan. Onasi mobil telefoniga chalg'ib qolganda, chaqaloq ichida bo'lgan  qutqarish chambaragi ag'darilib ketadi. Natijada bolaning boshi suv ostida qolgan.

Ayol matnli xabar yozayotgan bo'lgan va nima ro'y berganini sezmagan. Uning e`tiborini boshqa bola o'ziga tortishga urinadi, lekin u parvo ham qilmaydi. Basseyn xodimi biroz vaqtga chiqib ketgan bo'lgan, shuning uchun uning yonida katta yoshli boshqa odamlar bo'lmagan.

Ayol qizi cho'kib ketayotganini anglaganida oradan deyarli bir yarim daqiqa o'tgandi. U qizini olib chiqdi va unga sun`iy nafas berishga harakat qildi, so'ng tezlik bilan chiqib ketgan.

20 daqiqadan keyin ona bolani kasalxonaga olib kelgan. O'sha paytda qiz nafas olmayotgandi, yuragi to'xtab qolgan bo'lgan. Shifokorlar uni jonlantirishga muvaffaq bo'lishdi, lekin u hushiga kelmadi.

Bola juda og'ir ahvolda kasalxonada qolmoqda. Basseyn menejyeri tibbiy xarajatlarning bir qismini to'lab berish taklifi bilan chiqqan.

Яндекс.Метрика