Bu haqda «The Guardian» nashri o‘z manbalariga asoslanib xabar bermoqda.
Gazeta tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida ikki nafar politsiyachi ham bo‘lgan.
Tartibsizliklar futbol o‘yinida jamoalardan birining mag‘lubiyatidan keyin boshlangan. Har ikki jamoa muxlislari maydonga yugurib chiqishgan, ular o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi.
Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Natijada stadionda vahima va tiqilinch boshlandi, deyiladi xabarda.
Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Malanga o‘lim sabablari «tartibsizlik, ulkan olomon va bo‘g‘ilish» ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «120 dan ortiq kishi halok bo‘lgan», jabrlanganlar soni aniqlanmoqda, ularning barchasi shahar shifoxonalariga yuborilgan.