У нас есть только
оригинальные песни

Sirdaryolik ota bedarak yo‘qolgan qizi va uning tanishini qidirmoqda

calendar 22.08.2018
1271

20-avgust kuni Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida yashovchi Baxtiyor Jaynaqulov IIBga murojaat qildi.

U shu yil 17-avgust kuni soat 19.00larda birga yashovchi qizi 1997-yilda tug‘ilgan Madina Qahramonova tanishi 1995-yilda tug‘ilgan Furqat Tojiqulov bilan uchrashib, ular noma’lum tomonga ketib, bedarak yo‘qolganliklarini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ularni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.

«Hurmatli fuqarolar, agar siz M.Qahramonova va uning tanishi F.Tojiqulov haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki «102» telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz», deyiladi IIV xabarida.

Яндекс.Метрика