У нас есть только
оригинальные песни

Shoygu urushga safarbar qilinganlardan qanday foydalanilishini aytdi

calendar 04.10.2022
288

Qisman safarbarlik doirasida chaqirilgan harbiy xizmatchilar tajribali bo‘linmalar bilan birga Ukrainadagi maxsus operatsiya hududiga joylashtiriladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.

«Ushbu bo‘linmalardan foydalanish faqat maxsus harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan bo‘linmalar bilan birgalikda rejalashtirilishi kerak», dedi u.

Unga ko‘ra, safarbar qilinganlar jangovar tayyorgarlikdan o‘tgandan keyin jangovar hududlarga jo‘natiladi. Shu bilan birga jangchilarni tayyorlashga jangovar tajribaga ega ofitserlar jalb qilinadi, ular chaqiriluvchilar uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Tegishli buyruq allaqachon harbiy okruglar va Shimoliy flot qo‘mondonlari tomonidan chiqarilgan.

Shoygu, shuningdek, qisman safarbarlik doirasida Rossiya Qurolli kuchlariga 200 mingdan ortiq odam yetib kelganini ham aytib o‘tdi.

Avvalroq hammasi bo‘lib 300 ming harbiy xizmatchilarni chaqirish rejalashtirilgan edi.