У нас есть только
оригинальные песни

Sevimli telekanali o‘zbekchilikka zid film namoyish etgani uchun tomoshabinlardan uzr so‘radi

calendar 16.07.2018
2157

Kecha 15-iyul, yakshanba kuni kechki soat 22:30 dan keyin Sevimli telekanali orqali namoyish etilgan filmda “milliy axloqqa zid” sahna namoyish etilgan. Shu munosabat bilan telekanal ma’muriyati o‘z tomoshabinlaridan uzr so‘radi.

“Kanalimiz muxlislariga ma’lumki, biz o‘zbek milliy kinolari bilan bir qatorda xorij kino ijodkorlarining tarixiy va zamonaviy mavzudagi filmlarini namoyish etib kelamiz. Mazkur filmlar ko‘pchilik tomoshabinlarga manzur bo‘layotganligi kanal ijtimoiy tarmoqlarida bildirilayotgan fikr-mulohazalardan ma’lum.

Biroq, ish bor joyda kamchilik ham bo‘ladi deganlaridek, 15-iyul kuni kech soat 22:30 dan keyin efirga uzatilgan filmda texnik xato tufayli milliy axloqimizga zid qisqa epizod o‘tib ketib qoldi. O‘z ishiga mas’uliyatsizlik qilgan barcha xodimlar ishdan bo‘shatildi. Bunday xato takrorlanmasligi uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rildi va belgilandi.

Ushbu holat munosabati bilan kanalimiz ijodiy jamoasi barcha teletomoshabinlardan uzr so‘raydi”, — deyiladi telekanalning Facebook’dagi sahifasida.

Яндекс.Метрика