У нас есть только
оригинальные песни

Rossiya Italiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi

calendar 01.10.2022
242

"Gazprom" aniq sabablarni ma’lum qilmasdan gaz yetkazib berish to‘xtatilishini bildirgan.

Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi Italiyaning Eni neft-gaz guruhiga 1 oktyabrdan gaz yetkazib berish to‘xtatilishini bildirdi. Bu haqda Eni matbuot relizida xabar qilindi.

"Gazprom" Avstriya orqali yetkazib berish imkoni yo‘qligini aytib, bugunga so‘ralgan gaz hajmini tasdiqlay olmasligini xabar qildi. Shu sababli bugun Eni uchun Rossiya gazi yetkazib berilmaydi. Eni yetkazib berish tiklanganida bu haqda ma’lum qiladi", - deyiladi xabarda.

Eni may oyida Gazprombankda yevro va rublda to‘lash uchun hisobraqam ochish jarayoni boshlanganini ma’lum qilgandi.

Avgust oxirida "Gazprom" Italiya kompaniyasini gaz yetkazib berish 7 mln kub metrga 27 milliondan 20 million kub metrga kamayishi haqida xabardor qilgandi.

Eni boshqaruvchisi Klaudio Deskalsi Italiya Rossiyadan gaz yetkazib berish to‘xtatilgan taqdirda mamlakat qishni o‘tkaza olishini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi gaz omborlari 90 foizga to‘ldirilgan.