У нас есть только
оригинальные песни

Portugaliya yoshlar terma jamoasi – Yevropa chempioni

calendar 30.07.2018
738

Portugaliya yoshlar terma jamoasi 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Yevropa chempionatida g'olib chiqdi. Finlyandiya mezbonligida o'tgan musobaqada Pireney yarimoroli jamoasi turnir finalida Italiyani mag'lub etdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida jangovar durang – 2:2 hisobi qayd etilgach, o'yin qo'shimcha bo'limlarda davom ettirildi. So'nggi 30 daqiqalik ham sermahsul kechib, yakuniy hisob 4:3 ko'rinishini oldi.

Uchrashuvda Appenin yarimoroli vakillari tarkibidan Moyze Kin dubl qayd etgan bo'lsa, yana bir golga Janluka Skamakka mualliflik qildi. Chempionlar safidan esa Joau Filipe ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi, shuningdek, Fransishku Trinkan hamda Pedru Korreyya o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'yishdi.

G'olib jamoaning ikki o'yinchisi – Filipe va Trinkan Yevro-2018ning eng yaxshi to'purarlari bo'lishdi.

Zamonaviy formatdagi U-16 Yevro musobaqasi 2002 yildan buyon o'tkazib kelinadi. 16 yil davomida Portugaliya faqat ikki marta finalga chiqqan (2014 va 2017 yillarda) va har ikkisida ham kubokni boy bergandi. Ular, shuningdek, 2013 va 2016 yillardagi birinchiliklarda bronza medalini qo'lga kiritishgan.

Yevropa chempionati U19
Final
Italiya – Portugaliya 3:4 (0:1, 2:2)

Goly: Filipe (0:1), 45+1. Trinkan, 72 (0:2). Kin, 75 (1:2). Kin, 76 (2:2). Filipe, 104 (2:3). Skamakka, 107 (3:3). Korreyya, 109 (3:4).

Яндекс.Метрика