Ushbu boks kechasi doirasida yarim yengil vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Otabek Xolmatov WBA chempionlik kamari uchun Raymond Fordga qarshi jang qildi. 12 raundga mo‘ljallangan jangning so‘nggi raundiga 7 soniya vaqt qolganda jang to‘xtatildi.
Jangning dastlabki raundlarda Otabek Xolmatov ustunlikni qo‘liga olib, yaxshi harakat qilgan bo‘lsa-da, ikkinchi qismda sustlashdi. Amerikalik bokschi ochiq jangni taklif qilgach, hamyurtimiz himoyalanishga qiynaldi va ko‘plab zarbalarni qabul qilib oldi.
12-raundda muvozanatni yo‘qotgach, hakam texnik nokautni qayd etdi.
Qayd etib o‘tish joiz, 11-raundga qadar jang hakamlari Otabek foydasiga 106:103, 104:105 va 106:103 hisoblarini qayd etgan. So‘nggi raundda esa hisob 9:10 bo‘lgan va umumiy ochkolar evaziga g‘alaba qozonishi mumkin edi.
Shu tariqa Otabek faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatni tan oldi. Raymond Ford esa yarim yengil vazn toifasining WBA kamarini qo‘lga kiritdi.