У нас есть только
оригинальные песни

Ochiq Wi-Fi tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish bo'yicha 7 maslahat

calendar 13.08.2018
1012

Kiberxavfsizlik

Ochiq Wi-Fi-tarmoqlar uy internetiga qaraganda ishonchsiz. Axir ularni kim sozlagani va uning ortida qanday odamlar o'tirganini bilmaysiz. O'z ma`lumotlaringizni himoya qilish uchun quyidagi maslahatlarni qo'llang.

Tekshirilgan tarmoqlardan foydalaning

Imkoni boricha sizga ma`lum, masalan Starbucks kabi tarmoqlarga ulaning. Ularning egalari shusiz ham biz orqali pul ishlashmoqda, shuning uchun bizga zarar keltirishmasa kerak.

Ochiq Wi-Fi tarmoqlaridan hech biri to'liq xavfsiz bo'lmaydi. Buning bari  - uni kim taqdim etayotgani va unda siz bilan birga qanday odamlar borligiga bog'liq. Biroq tanish tarmoqlar notanishlariga qaraganda yaxshiroq.

HTTPS protokolidan foydalaning

Agar sayt shifrlanmagan HTTP ulanishdan foydalansa, brauzerlar, masalan Google Chrome uni xavfli deya belgilaydi. HTTP haqidagi ogohlantirishga e`tibor bering, ayniqsa ochiq Wi-Fi nuqtalaridan foydalanganda. HTTPS-ulanishdan foydalanganingizda tarmog'ingizdagi odamlar sayt serveri bilan almashayotgan ma`lumotlarni olisholmaydi. HTTP orqali esa ular siz amalga oshirayotgan ishlarni osonlik bilan ko'radilar.

O'ta ko'p ma`lumotlarni bermang

Jamoat Wi-Fi’dan foydalanganda ehtiyot bo'ling, ayniqsa, ulanishdan oldin elektron pochta manzilingiz yoki telefon raqamingiz kabi shaxsiy ma`lumotlar so'ralsa. Agar internetga kirishingiz juda zarur bo'lsa, tekshirilgan tarmoqni tanlang yoki asosiy bo'lmagan pochta manzilini bering. 

AirDrop funksiyasi va fayllarni yuborishni cheklang

Agar ochiq tarmoqda ishlasangiz va begonalar bilan fayllar almashishni istamasangiz, muayyan funksiyalarni o'chirib qo'ying. Noutbukda buni tarmoqlar va umumiy ulanishni boshqarish markazida amalga oshirish mumkin.

Shartnomani diqqat bilan o'qing

Balki bu befoyda maslahatdir. Biroq bari jiddiy – ommaviy Wi-Fi’ga ulanish vaqtida barcha shartlarni tekshiring. Albatta, ba`zida u yerda tushunarsiz narsalar ko'p bo'ladi, biroq xavfli jihatlarni sezishingiz mumkin. Masalan, band, siz haqingizda qanday ma`lumotlar to'planadi va keyin nima uchun qo'llaniladi kabi.

Agar hech nimani tushunmasangiz, gugldan izlang va bu haqida boshqa foydalanuvchilar nima yozganlarini o'qing.

VPN’dan foydalaning

Ochiq Wi-Fi tarmoqlaridan samarali himoyalanish usullaridan biri bu – VPN’ni o'rnatish. VPN qurilmangizdan yuborayotgan ma`lumotlarni shifrlab, sizni ishonchli serverga ulaydi. Shu yo'l orqali boshqa foydalanuvchilarga ma`lumotlaringizni olish va tarmoqda nima qilayotganingizni bilish qiyinroq bo'ladi.

VPN'ga ulanish juda oson. Maxsus dastur o'rnatilganidan keyin undan qanday foydalanish batafsil tushuntiriladi. Agar tez-tez shahar bo'ylab yursangiz, turli tarmoqlarga ulanasiz. Yaxshi VPN’ga pul ayamang.

Qo'shimcha maslahatlar

Kelajakda yangi xavfsizlik protokoli WPA3 paydo bo'ladi va ochiq Wi-Fi tarmoqlari ancha ishonchliga aylanadi. Biroq ko'proq tahdidlar eskirgan dasturiy ta`minot sabab vujudga keladi. Shuning uchun noutbuk yoki telefoningiz uchun so'nggi yangiliklarni albatta o'rnating. Har qanday holatda ham ochiq Wi-Fi’dan yuklamang va yangiliklarni o'rnatmang (juda zarur bo'lgan holatlardan tashqari).

Umuman olganda, ochiq Wi-Fi tarmoqlari bilan yuzaga keladigan muammolarni chetlab o'tishning yaxshi usuli – ulardan foydalanmaslik. Shunga qaramay, umumiy Wi-Fi tarmoqdan foydalanishga qaror qilsangiz, o'zingizni himoya qilish uchun ushbu maslahatlardan foydalaning.

Яндекс.Метрика