У нас есть только
оригинальные песни

“O‘zbektelekom” magistral tarmoqdagi avariyani bartaraf etdi

calendar 21.08.2018
756

20-avgust kuni “O‘zbektelekom” magistral tarmoqlardan birida qator internet manbalariga kirish vaqtining cho‘zilishi va boshqa muammolarga sabab bo‘lgan avariyani bartaraf etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

“Ayni paytda muammolar bartaraf etilgan. Tarmoq shtat rejimida ishlamoqda. Kompaniya vaqtinchalik noqulayliklardan afsusda ekanini bildirib, uzr so‘raydi”, — deyiladi kompaniya bayonotida.

Shu bilan birga, “O‘zbektelekom” Uzcard matbuot xizmati e’lon qilib, OAVda tarqatilgan rejali profilaktika ishlari Yagona umumrespublika protsessing markazi bilan POS va E-POS terminallarining ulanishida vaqtincha uzilishlar bo‘lishi haqidagi xabarlarni rad etdi.

“Internetga ulanishda muammolarga sabab bo‘lgan 20-avgustdagi avariya doimiy emas, balki vaqtinchalik ahamiyat kasb etib, uning “O‘zbektelekom” avvalroq xabar qilgan 19-avgustdan 30-avgustgacha kechki rejali profilaktika ishlariga hech qanday aloqasi yo‘q”, — deya bayonot berdi kompaniya.

Яндекс.Метрика