У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonlik ayol jomadon ichida Turkiyaga kirmoqchi bo‘ldi

calendar 02.09.2018
1313

Gruziya-Turkiya chegarasidagi «Sarpi» o‘tish punktida 27 yoshli ayol jomadon ichida Turkiyaga hududiga kirmoqchi bo‘lganida qo‘lga tushdi.

Xabar qilinishicha, Turkiya chegarachilari 24 yoshli Gruziya fuqarosi olib o‘tayotgan katta qora jomadonga e’tibor qaratishgan. Chegarachilar undan jomadonni ochishni so‘rashgan va uning ichidan 27 yoshli o‘zbekistonlik ayol chiqib kelgan. Ayolga Turkiya hududiga kirish man qilingani sababli u mamlakatga noqonuniy yo‘l bilan kirmoqchi bo‘lgan.

Qonunbuzarlar qo‘lga olingan, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, deb xabar bermoqda «Vesti.ru».