У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari xronologiyasi

calendar 21.05.2023
233

Xitoy va O‘zbekistonnig diplomatik aloqalari

Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekiston mustaqilligini 1991 yil 27 dekabrda tan olgan. Diplomatik munosabatlar esa 1992 yil 2 yanvardan o‘rnatilgan.

Shundan so‘ng O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida:

  • 2012 yil 6 iyunda strategik sheriklik;
  • 2016 yil 22 iyunda keng qamrovli strategik sheriklik;
  • 2022 yil 15 sentabrda yangi davrda keng qamrovli strategik sheriklik o‘rnatildi.

Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi va tashriflari

1991 yildan buyon ikki davlat rahbarlari ishtirokida 21 ta sammit bo‘lib o‘tgan.

O‘zbekistonga Xitoy Xalq Respublikasi prezidentlari:

  • Szyan Szemin 1996 yilda;
  • Xu Tszintao 2004 va 2010 yillarda;
  • Si Tszinpin 2013, 2016, 2022 yillarda tashrif buyurgan.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 2017 yil 11-13 may kunlari Xitoyga davlat tashrifi bilan bordi.

Bundan tashqari bir necha yillardan beri ikki davlat o‘rtasida parlamentlar va hukumatlararo turli doiradagi uchrashuvlar tashkil etib kelinadi.

Xitoydan o‘zlashtirilgan sarmoya, kredit va grantlar

Ikki davlat o‘rtasida 2011 yildan boshlab o‘zaro savdoda eng qulay davlat rejimi o‘rnatildi. O‘zlashtirilgan Xitoy sarmoyasi 2017-2022 yillarda 10,9 mlrd dollarni, shu jumladan, 2022 yilda 2,2 mlrd dollarni tashkil etdi.

Xitoy Eksimbanki, Xitoy Davlat taraqqiyot banki va Xitoy sanoat va tijorat banki orqali O‘zbekistonga berilgan kreditlarning umumiy portfeli 6,9 milliard dollardan oshadi.

2008-2022 yillarda 51 ta loyihani amalga oshirish uchun Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining 246,3 mln dollarlik, 2022 yilda esa 10,1 mln dollar miqdoridagi grantlari jalb etildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokidagi 1763 ta korxona faoliyat yuritmoqda, shundan 275 tasi 2022 yilda tashkil etilgan.

Hamkorlikning huquqiy asoslari

O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy o‘rtasida jami 283 ta hujjat, jumladan: 113 ta davlatlararo va hukumatlararo xalqaro shartnomalar, 82 ta idoralararo va 88 ta boshqa turdagi hujjatlar imzolangan.
Manba: kun.uz