O'qish va ish yuzasidan Koreyada yashaydigan minglab musulmon o'zbekistonliklar halol va ishonchli go'sht topish muammosiga duch kelishlari mumkin. Buni bartaraf etish va sifatli mahsulot bilan ta`minlash maqsadida hamyurtlarimiz Kimhe shahrida butun Koreya bo'ylab halol go'sht yetkazib beruvchi qassobxona tashkil etishdi.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad - Koreyadagi musofir yurtdoshlarning hamyonbop va halol go'sht topishlariga ko'maklashishdir.
Otash Qassob do'konidan buyurtmalarni qo'ng'iroq yoki IOS va Android platformalari uchun yaratilgan mobil ilovalar orqali amalga oshirib, 1 kun ichida mahsulotlarni qabul qilib olish mumkin.