21 avgust, seshanba tongida mamlakatimizdagi 2000ga yaqin jome` masjidlarida Qurbon hayiti namozi o'qildi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko'ra, ularda 15 milliondan ortiq yurtdoshlarimiz saodatli kun ibodatini ado etdi, deb yozmoqdaO'zA.
Poytaxtimizdagi Hazrati Imom jome` masjidi ham erta tongdan yurtdoshlarimiz bilan gavjum bo'ldi.
Qurbon hayiti ma`ruzasida insonlarga mehr ko'rsatish, ularning o'y-tashvishlarini o'rganib, yaxshilik qilish g'oyat savobli tadbirligi, shu ma`noda xalqimiz saodatli turmushi yo'lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar, ularning hayotdan rozi bo'lib yashashi yo'lidagi sa`y-harakatlar g'oyat qadrli ekani aytildi.