У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekiston Hyundai Rotem’ni Toshkent va Samarqand o'rtasida tezyurar qatnovni tashkil etishga jalb qilmoqchi

calendar 03.08.2018
1181

O'zbekiston Hyundai Rotem’ni Toshkent va Samarqand o'rtasida tezyurar qatnovni tashkil etishga jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu prezidentning «2018-2019 yillarda investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorida aytilgan.

Loyiha 2019 yilga mo'ljallangan. Rejaga ko'ra, 1 mlrd dollarga tushadi, bundan 50 mln dollarni «O'zbekiston temir yo'llari» yo'naltiradi, qolgan 950 mln dollar esa Janubiy Koreya kompaniyasining to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalari bo'ladi.

Hyundai Rotem Hyundai Motor Group tarkibiga kiradi. 1979 yilda tashkil etilgan. O'shandan beri u tezyurar poyezdlarning eng yetakchi yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi, shu jumladan, dizelda ishlaydiganlari va elektrovozlar bo'yicha ham.

Яндекс.Метрика