У нас есть только
оригинальные песни

Modrich juda katta farq bilan Ronaldu va Messini ortda qoldirdi

calendar 31.08.2018
1040

«Real» klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich UYeFA tomonidan o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va Ronalduning bu boradagi 2 yillik ustunligiga barham berdi.

«Real» bilan qatorasiga uch marta Chempionlar Ligasida zafar quchgan Modrich so'rovnomada 313 ball to'pladi. 32 yoshli xorvatiyalik eng yaqin ta`qibchisi Krishtianu Ronalduni 90 ball ortda qoldirdi. Qayd qilish joizki, «Oltin to'p»ning amaldagi sohibi Monako shahrida o'tkazilgan taqdirlash marosimiga kelishni o'ziga ep ko'rmagan edi.

Yetakchilar uchtaligini 134 ball to'plagan «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh yopib berdi.

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi esa atigi 55 ball to'plab, so'rovnomada 5-o'rinda qoldi.

Ovoz berish jarayonida Chempionlar Ligasi 2017/18 mavsumining guruh bosqichida ishtirok etgan 32ta klubning bosh murabbiyi, shuningdek UYeFA a`zosi bo'lgan mamlakatlardan 55 nafar jurnalist ishtirok etdi.

Яндекс.Метрика