«Barselona» hujumchisi Lionel Messi to'yining sanasini belgilab oldi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.
Manba xabariga ko'ra, futbolchi o'zining sevgilisi Antonella Rokutstso bilan munosabatlarini qonuniylashtirishni rejalashtirmoqda.
Ispaniya matubotida yozilishicha, Messi 24 iyun kuni, 30 yoshga to'lganida Rokutstso bilan to'y marosimini o'tkazadi. Nikoh tadbiri Argentinaning Messi uchun qadrdon hisoblanadigan Rosario shahrida bo'lib o'tadi. To'yda 700ga yaqin mehmon ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Lionel va Antonellaning 2012 yilda Tiago va 2015 yilda Mateo ismli ikki nafar o'g'illari dunyoga kelgan.