У нас есть только
оригинальные песни

Mahkumlar hali ozodlikka chiqmasdan mehnat daftarchasi ochilib, ish bilan ta`minlanadi

calendar 19.07.2018
796

«Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy ta`minlash va ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar to'g'risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, ushbu yo'nalishdagi ishlarni amalga oshirish bo'yicha 2018-2022 yillarga mo'ljallangan «Yo'l xaritasi» tasdiqlandi.

Qaror bilan, shuningdek, Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari tashkil etildi.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

- ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarning ijtimoiy himoya qilinishini tashkil etish va ta`minlash, tegishli tartibda kiyim-kechak, oziq-ovqat va turar joy uchun bir martalik to'lanadigan nafaqa puli berish;

- maqbul ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, soha mutaxassislari (psixolog, tibbiyot xodimi, huquqshunos va boshqalar)dan yordam olish, zarur holatlarda davolanishga, qariyalar va nogironlar uylariga yo'llanmalar berish;

- reabilitatsiya qilishda, uy-joy va maishiy hamda boshqa ijtimoiy-maishiy muammolarni hal qilishda, qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar olishda yordam ko'rsatish.

2019 yil 1 yanvardan boshlab jazoni ijro etish muassasalarida to'liq ijtimoiy moslashtirish maqsadida mahkumlarni tizimli o'rganish va ularning ongini o'zgartirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlarning yagona kompleks tizimi joriy etiladi.

Qarorda belgilanishicha, mahkumlarga shaxsiy hujjatlarni tiklash va pasport olishda yordam ko'rsatiladi, ularning pensiya sug'urtasi, mehnat daftarchasini rasmiylashtirish shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingunga qadar amalga oshiriladi.

Endilikda mahkumlar bilan tarbiyaviy ishlar ularni uchta toifaga ajratgan holda uch bosqichda amalga oshiriladi.

Яндекс.Метрика