“Barselona” hujumchilari Lionel Messi va Luis Suares biznes hamkorga aylandi.
Messi va Suares birgalikda turmush o‘rtoqlari bo‘lmish Antonella va Sofiya g‘oyasiga asosan Sarkany Boutique do‘konini ochdi. Riki Sarkani ushbu loyiha dizayneri hisoblanadi va aynan u oyoq kiyimlarining yangi turlarini o‘ylab topadi.
Do‘konning ochilish marosimi kecha, 17-may kuni bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida “Barselona” futbolchilari va ularning ayollari ishtirok etdi. Do‘kon ochilgan kunidayoq futbolchilar ilk xaridorlarga aylandi.