Tashqarida kuz. Men kuzni qanchalar yaxshi ko'rsam, shunchalar nafratlanaman. Kuzning iliq oftobi yer yuzini qanchalik isitishga urinmasin, baribir muzlagan sog'inchimni eritolmas. Daraxtlardan birma bir to'kilayotgan xazon barglari esa huddi meni armonga aylangan orzularimga o'xshaydi. Kuz yomg'iriday ko'zlarim yoshlanar, yoshlarim esa sellarga aylanib tinmas. Seni aynan shu kuz faslida topganman, va aynan shu kuz faslida sendan ayrilganman. Kechagiday esimda o'shanda kuz edi, mayin yomg'ir yog'ayotgandi. Men bekatda avtobus kutib turgandim, birdan sen kelib, kechirasiz bu yerga tramvay yuradimi deb so'rading. Men jaxl qilib yo'q bu yer avtobus bekatiku gap otgani boshqa baxona topilmadizmi, yaxshi yigit dedimda o'z manzilim tomon ketdim. Shu kundan boshlab shu bekatda deyarli xar kuni ko'rishib qolardik lekin gaplashmas edik . Sen xar ko'rishganimizda menga bir nimalar aytmoqchi bo'lardingu lekin aytolmasding. Faqat nigoxlariningni menga qadarding. Avtobuslarimiz kelganda sen o'z manziling tomon, men o'z manzilim tomon ketardik. Shu tariqa oradan bir yil o'tdi. Mana yana men sevgan kuz fasli keldi. Yana o'sha bekatda turipman, birdan sen yonimga kelding yaxshi qiz sizda gapim bor maylimi gaplashib olsak deding, men xayron qolib qanaqa gapiz bor dedim. Sen esa sizi anchadan beri kuzataman, bilsangiz sizni birinchi ko'rganimdayoq sevib qolganman bir yildan beri aytaolmagandim uzoqdan kuzatardim deding. Men qo'rslik qilib siz xamma qizlarga shunaqa deysizmi shilqim dedim. Sen esa jiddiy gapirdim nima qilsam ishonasiz deding. Men esa mexrimni qozoning dedim va sevgingizni isbotlay dedimda o'z manzilim tomon ketdim. Shu kundan boshlab sen mexrimni qozonishga xarakat qilding. Men senga qanchalik qo'rslik qilib xaydasam, sen menga shuncha mexr berib qalbimni egasi bo'lishga urunarding. Men esa xamon qaysar edim gaplaringni eshitmasdim xam. Sen esa mendan qaysar eding ortimdam hech qolmasding. Men esa xamon beparvo edim. Fasllar almashib yana kuz keldi sen esa xamon qalbimni qozonish xarakatidan charchamasding. Seni taniganimga xam 2 yil bo'libdi. Yana o'sha bekatdaman sen xam bekatga kelding. Faqat bugun boshqacha eding. Menga har doimgiday sevishingni emas, aksincha sevgingdan charchaganingni va meni senga ko'nglim bo'lsa qiynamay aytishimni so'rading, o'ylab ko'rish un bir kun muxlat berding va ertaga shu bekatda javobimni kutishingni ayting. Agar yo'q desam meni butunlay tinch qo'yishingni ayting. Men esa indamay o'z manzilim tomon ketdim. Ketyapmanu butun xayolim senda. Aytgan gaplaring qulog'imda jaranglayapti. Agar yo'q desam meni butunlay tinch qo'yadi. Keyin uni boshqa ko'rmaymanmi. Yo'q uni yo'qatolmiyman. Nima diyapman naxotki men uni... Naxot u mexrimni qozondi. Kechasi ertalabgacha o'ylab chiqdim va seni qanchalar sevishimni angladim. Seni shunchalar sevar ekanmanu bilmagan ekanman. Ertalab bekat tomon baxtim tomon shoshdim seni telbalarcha sevishimni tan olmoqchi, butun dunyoga jar solmoqchi edim.Sevib qolgan odam go'yo telba. Yo'q men telba emasman, lekin yoningda dono xam emasman. Bekatga shoshib keldim. Negadur u yo'q. Men uzoq kutdim u esa yo'q kutish qanchalar azob. Men uni muxabbat bekatida kutdim lekin u kelmadi. Kelmagach xavotir olib uyi oldiga bordim. Uzoqdan yig'i ovozlari eshitilardi. Uyi tomon yaqinlashganim sari yig'i ovozi kuchayardi. Undan keyin esa eng yomoni bo'ldi uni uyida aza. Ne ko'z bilan ko'rayki tobutga meni o'lgan sevgim yotardi. Men karaxt edim axvolimni tasvirlashga ojizman. Ko'zlarimga ishonmasdim Xayolimda faqat seni sevaman tur men keldimku deb baqirganimcha dodlab yig'lardim. Meni tashlab ketganingga ishonmasdim ishonmayman xam. Men kechikkan edim sevgimni aytishga baxtli bo'lishga. Mana yana o'sha men sevgan kuz. Lekin men endi yomon ko'raman kuzni. Yana o'sha seni va meni uchrashtirgan muxabbat bekati tomon ketyapmanu. Xamma narsa seni eslatadi faqat sen yo'qsan. Kuzni iliq oftobi xarchand urinmasin meni ko'nglimni isitolmaydi. O'sha yo'l o'sha bekat hech narsa o'zgarmagan faqat sen yo'qsan. Bu bekat endi muxabbat bekati emas ayriliq bekati. Sensiz yashagan uch kuz 3 yil go'yo yashamadim. Shunchaki majburligimdan nafas oldim. Yuzimga tabassum, qalbimda esa mangu yosh. Men qo'rqoqlik qildim xatto tan omadim sevishimni. Tan olganimga esa, sen bevafolik qilding. Sen bevafosan naqat meni balki butun dunyoni tashlab ketding. Yani sen og'risan, qalbimni og'irlab o'zing ketvording. O'zimga savol beraman bu shirin jonimdan kechsamki, yoki sabr ila jonim seni kutaymi. Kimgadur sen shunchaki bir insondursan, men uchun esa butun dunyosan. Men o'zimni yozg'izlikka maxkum etdim. Boshqa sevmayman sevolmayman xam. Axir boshqalar senday sabr bilan mexrimni sevginni qozona olmaydi. Inson o'zi shunaqa sevgi qadriga undan ayrilgach yetadi. Qalbim bom bo'sh qalbimda endi doim kuz. Mayli meni telba desalar xam ,kelmasligini bilsam xam, seni to kelmaguningcha o'sha bizni uchrashtirgan muxabbat va ayriliq bekatida sog'inib sog'inib kutaman.