«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu tez vaqtlar ichida yana ota bo'ladi, bu safar egizaklarga. The Sun tabloidi 32 yoshli futbolchining oilasiga yaqin manbaga asoslanib xabar qilishicha, bu safar u egizaklarga farzandlik qiladi.
AQShda istiqomat qiluvchi surrogat ona hozirda futbolchining farzandlarini qornida ko'tarib yurgani va u yaqin vaqt ichida portugaliyalik futbolchi uchun egizaklarni dunyoga keltirishi aytilgan.
«Krishtianu oilasining yangi a`zolarini sabrsizlik bilan kutmoqda. U shaxsiy hayoti haqidagi yangiliklarni oshkor etishni istamaydi, ammo u egizaklar tez orada tug'ilishi haqida yaqinlariga aytgan. U farzandlar tarbiyasi bilan shug'ullanish vaqti kelganini his qilmoqda», — deyilgan xabarda.
Ayni vaqtda ushbu badavlat futbolchining 6 yoshli o'g'li bor va u ham surrogat onadan dunyoga kelgan.