У нас есть только
оригинальные песни

Kichik yoshdagi bolalarning buyuk kashfiyotlari

calendar 03.09.2018
1295

Ma`lumki, bolalarning xayolot olami chegara bilmaydi. Biroq hayotda bizni o'rab turgan g'aroyib buyumlar voyaga yetmagan kashfiyotchilar tomonidan o'ylab topilgani haqida har doim ham fikr yuritavermaymiz. Ma`lum bo'lishicha, yosh «xayolparastlar» haqiqatan ham ahamiyatga molik kashfiyotlarni amalga oshirishlari mumkin ekan. Bunday o'y natijalari olimlar jamoasining bir necha yillik mehnatlari mahsuliga qaraganda dolzarb bo'lishi hollari kuzatilgan.

17 yanvarda butun dunyoda Bolalar kashfiyotlari kuni nishonlanadi. Aynan shu kuni 12 yoshida qo'llar uchun lastalarni o'ylab topgan Benjamin Franklin tug'ilgan. Keyinchalik bu jamoat arbobi elektr uchun «qo'shish» va «ayirish» belgilari, shuningdek, harakatlanadigan kresloni kashf etdi. Albatta bolalikdagi iste`dod Benjamingagina xos emas, tarixda mitti kashfiyotchilar ijod mahsuliga misollar talaygina.

Bolalar tomonidan kashf qilingan buyumlar bilan tanishamiz.

Foto: Wikipedia

Qorda yurish moslamasi

Bu qurilma shimoliy mamlakat Kanadaning yosh vakili Jozef-Arman Bombarde tomonidan kashf etilgan. Bari u o'zining 17 yoshga to'lishi munosabati bilan otasi tomonidan eski Ford mashinasi sovg'a qilinishidan boshlandi. Mashina shu darajada yomon holatda ediki, Arman uni qismlarga bo'lishiga to'g'ri keldi. Ana shu ehtiyot qismlardan yigitcha qorda yurish moslamasini yig'di.

Vaqt o'tishi bilan Bombarde samolyot va boshqa texnika, shu jumladan, qorda yurish moslamasini ishlab chiqaradigan kompaniyaga asos soldi.

Batut

Batut amerikalik 16 yoshli gimnastikachi Jon Nissen tomonidan o'ylab topilgan. Bu konstruksiyani o'smir bola o'z garajida yig'ib, buyurtma tushgan maktablarga olib borardi. Aynan birinchi batutning kashf etilishi sportning yangi turi – batutda sakrash paydo bo'lishiga zamin yaratdi.

Foto: Wikipedia

Mevali muz

Bir kuni mitti Frenk Epperson ko'chada ichimlik solingan stakanni unutib qoldirdi. Ertalab u mazali taom – muzlagan shirin ichimlikni tatib ko'rdi. Mevali muzni seriyali ishlab chiqarishga 18 yil o'tgach, ulg'aygan Frenk do'kon ochganida asos solingan. Bu do'konning asosiy yo'nalishlaridan biri mevali muzni sotish edi.

Ko'zi ojizlar uchun shrift

O'quvchilar faqat o'yinchoq va shirinliklarni kashf qilishlari mumkin degan noto'g'ri fikrga borishga shoshilmang. Ularning ba`zi kashfiyotlari kattalarning eng jiddiy yutuqlari bilan raqobatlasha oladi. Shunday qilib, 15 yoshli Lui Brayl ko'zi ojizlarga o'qish imkonini beradigan shrift yaratishga muvaffaq bo'lgan. Bu shriftning asosini harbiylar tunda yetkazilgan xabarlarni shifrlashda qo'llaydigan shrift tashkil qilgan.

Foto: Wikipedia

Saratonni tashxis qilish qurilmasi

Jyek Andrak o'pka, tuxumdonlar va oshqozon osti saratonini erta tashxis qilishning g'aroyib usulini ishlab chiqishga muvaffaq bo'lganida bor-yo'g'i 15 yoshda edi. Endilikda buni ko'rinishidan glyukometr – qondagi qand miqdorini aniqlaydigan maxsus mitti qurilma yordamida amalga oshirish mumkin.

Shunday qilib, bugun to'g'ri tashxis qo'yish uchun bor-yo'g'i 5 daqiqa kerak. Bunday tashxis qimmatbaho apparat yordamida olingan natijaga qaraganda ancha arzon. Amerikalik maktab o'quvchisi Gordon Mur mukofoti va «IntelInternational Scienceand Engineering Fair» xalqaro ilmiy yarmarkaning gran-prisiga loyiq deb topilgani bejiz emas.

Manba: kun.uz