У нас есть только
оригинальные песни

Jakarta - Buxoro - Jakarta yo‘nalishida aviaqatnovlarni tashkil etish imkoniyatlari muhokama etildi

calendar 18.10.2022
245

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, «Uzbekistan Airports» AJ, Buxoro xalqaro aeroporti, O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi rahbariyati va mamlakatimiz sayyohlik kompaniyalari vakillari Indoneziyaning «Garuda Group» aviakompaniyasi prezidenti va bosh direktori Irfan Setiaputra bilan uchrashdi.

Uchrashuvda fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari va istiqbollari muhokama etildi. Xorijiy aviakompaniya vakillariga so‘nggi yillarda mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan  islohotlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari tomonidan Jakarta – Buxoro – Jakarta yo‘nalishida muntazam aviaqatnovni tashkil etish taklif etildi.

«Garuda Group» kompaniyasi rahbariyati mazkur taklifning iqtisodiy samaradorligini baholash maqsadida birinchi navbatda bozor va mavjud talabni o‘rganish uchun charter qatnovlarini tashkil etishni ko‘rib chiqishni maʼlum qildi.