У нас есть только
оригинальные песни

GM Uzbekistan yangi xizmatni yo'lga qo'ydi. Avtomobil xarid qilishga shartnomalar endi yetkazib beriladi

calendar 31.08.2018
974

nlayn arizalarni va shartnomalarni rasmiylashtirish jarayoni ko'rib chiqilganda betob bo'lgani tufayli, band bo'lib vaqti bo'lmaganligi va boshqa uzrli sabablarga ko'ra mijozlar avtosalonga shartnomalarni olib ketishlari uchun o'z vaqtida kela olmaslik holatlari tahlil qilindi. Natijada, ba`zi mijozlarda ular ogohlantirilgandan keyin 3 ish kuni ichida salonga kelmaganligi sababli shartnoma bekor qilinishi holatlari kuzatilgan.

Mazkur muammoni hal qilish va eng asosiysi mijozni shartnoma rasmiylashtirishini o'z vaqtida va qulay amalga oshirishi uchun “GM Uzbekistan” AJ tomonidan sayyor shartnoma rasmiylashtirish punkti bo'lgan yangi “O'zimiz boramiz” xizmati yo'lga qo'yildi.

Avtomobil xarid qilish (onlayn-navbat) uchun ariza bergan va avtosalondan telefon qo'ng'irog'i qabul qilgan poytaxtliklarning har biri 5 sentabrdan boshlab “O'zimiz boramiz” xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Яндекс.Метрика