У нас есть только
оригинальные песни

GM Uzbekistan mahalliylashtiriladigan butlovchi qismlar sinov laboratoriyasini ishga tushirdi

calendar 18.07.2018
941

Avtomobil butlovchi qismlarini mahalliylashtirish istagini bildirgan mahalliy tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida GM Uzbekistan AJ tomonidan Markaziy sinov-o‘lchov laboratoriyasi ishga tushirildi. Bu haqda GM Uzbekistan jamoatchilik bilan aloqalar xizmati “Drayo”ga xabar berdi.

Mazkur laboratoriyada tadbirkorlar o‘zlari mahalliylashtirish istagini bildirayotgan mahsulotni bepul sinov va sertifikatdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladilar.

Yuqori aniqlik va ishonchli zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyada “O‘zstandart” agentligi va boshqa ixtisoslashgan muassasalarda o‘quv kursini o‘tagan yuqori malakali xodimlar faoliyat yuritishadi.

Laboratoriyada ehtiyot qismlarning yorug‘likka, zanglashga, chirishga, har qanday ob-havo sharoitiga, shikastlanish hamda siqilishga chidamliligini sinovdan o‘tkazish uchun barcha zamonaviy uskunalar mavjud.

Laboratoriya qoshida mahalliylashtirilgan butlovchi qismlarni sinovdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha barcha zaruriy ma’lumotlarni taqdim etadigan Axborot–resurs markazi ishga tushirilgan bo‘lib, unda tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga javob beriladi.

Laboratoriya “O‘zstandart” agentligi tomonidan 2020 yil muddatgacha akkreditatsiyadan o‘tkazilgan hamda TURKAK Turkiya xalqaro sertifikatlashtirish organi tomonidan taqdim etilgan ISO/IEC 17025:2007 sertifikatiga ega.

Яндекс.Метрика