Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga muvofiq, tabiiy gaz iste`molini hisobga olish priborlarini ta`mirlash va davlat qiyoslovidan o'tkazish sarf-xarajatlari hisobga olish pribori mulkdori tomonidan qoplanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali yozmoqda.
Bunda hisobga olish pribori iste`molchi tomonidan sotib olinib o'rnatilgan bo'lsa, uning mulkdori iste`molchi bo'ladi, aks holda u gaz ta`minoti tashkilotiga tegishli bo'ladi.
Tabiiy gaz iste`molini hisobga olish priborlarini davlat qiyoslovidan o'tkazish metrologiya xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.