У нас есть только
оригинальные песни

Erdo'g'an Qirg'izistonni dollardan voz kechishga chaqirdi

calendar 03.09.2018
1062

Xalqaro savdoda dollar hukmronligiga chek qo'yish zarur, deya ma`lum qildi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an Bishkekka rasmiy tashrifi chog'ida tashkil etilgan qirg'iz-turk biznes-forumida chiqish qilib. Bu haqda Kaktus.Media xabar bermoqda.

Rajab Toyyib Erdo'g'an Turkiya iqtisodiyotiga dollar ta`siri haqida ta`kidlab o'tdi va Turkiya o'z valyutasini foydalanib, Xitoy hamda Rossiya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada faollashtirayotganini qayd etdi. U Qirg'iziston bilan hamkorlikda ham shunday imkoniyatlarni ko'rib chiqishga chaqirdi.

Uning so'zlariga ko'ra, savdoni go'yoki yengillashtirish uchun yaratilgan, dollarga bog'langan tizim hozir eng katta muammoga aylandi, savdo urushlari va proteksionizm ko'plab sohalarda yangi strategiyalardan foydalanishga majbur qilmoqda. Valyuta kurslari bilan manipulyatsiya qilishdan ko'zlangan maqsad - kuchli va sog'lom Turkiya iqtisodiyotidagi shubha paydo qilish, deya ta`kidladi Erdo'g'an.

«Maqsad - Turkiya iqtisodiyotiga zarba berish. Biroq, hukumat tomonidan qabul qilingan choralar va turk xalqining qat`iy pozitsiyasi tufayli bu urinish muvaffaqiyatli bo'lmadi», - deya qo'shimcha qilib o'tdi Turkiya yetakchisi.