У нас есть только
оригинальные песни

Dubayda britaniyalik sayyoh Lamborghini’ni ijaraga olib, 4 soatda 33 ta jarimaga tortildi

calendar 08.08.2018
1133

Dubayda buyuk britaniyalik sayyoh Lamborghini Huracan superkarini ijaraga oldi va to‘rt soat ichida 50 ming dollarlik jarimalarni “to‘pladi”, deb yozadi “RIA Novosti”.

U soatiga 230 km tezlikda harakatlanib, tezlik rejimini 33 marta buzdi. Bu vaqtda erkak superkarni ijaraga olgan dilerlik tarmog‘i egalariga jarimalar haqida xabarlar kela boshladi.

Ijaraning ikki kuni mobaynida britaniyalik 1600 dollar to‘ladi va o‘z pasportini kafolat sifatida qoldirdi. Jarimalarning umumiy qiymati 19 ming dollarni tashkil qildi, shuningdek, avtomobilni jarima maydonchasini olib ketish uchun 27 ming dollardan ziyod pul kerak bo‘ldi.

“Avtomobil hamon sayyohda qolmoqda, u mehmonxona yoniga to‘xtatib qo‘yilgan”, — dedi dilerlik tarmog‘i vakili. Ular jarimalarni qoidalarni buzgan britaniyalikning o‘zi to‘lashi kerakligiga ishonchi komil.

Shu bilan birga, sayyoh BAA hududini bemalol tark etishi mumkin, faqat uning pasporti yo‘qligi to‘siq bo‘lmoqda, xolos.

Яндекс.Метрика