У нас есть только
оригинальные песни

«Chelsi» Antonio Konte iste`foga chiqarilganini e`lon qildi

calendar 13.07.2018
699

«Chelsi» bosh murabbiy lavozimida ishlab kelgan Antonio Konte bilan xayrlashganini rasman e`lon qildi. Klub rasmiy saytida bu to'g'rida qisqacha bayonot joylashtirilgan.

«Kontening ustozlik davrida biz oltinchi marta APL, sakkizinchi marta Angliya Kubogida g'olib chiqdik. Biz chempionlikka erishgan mavsumda Premer liganing 38 o'yinidan 30tasida g'alabaga erishib, klub rekordini o'rnatdik. Shuningdek, liganing 13 o'yinida ketma-ket g'alaba qozonishimiz ham rekord ko'rsatkich bo'ldi.

Antonioning kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tilaymiz», - deyiladi bayonotda.

48 yoshli italiyalik mutaxassis 2 yil davomida «Chelsi»ga ustozlik qildi. Uning qo'l ostida «ko'klar» jami 106 rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 69ta g'alaba, 17ta durang va 20ta mag'lubiyat qayd etishdi.

«Chelsi» bosh murabbiyi lavozimiga Mauritsio Sarri kelishi kutilmoqda.

Яндекс.Метрика