У нас есть только
оригинальные песни

Bosh vazir o'rinbosari Ryodzi Noyori bilan uchrashdi

calendar 02.09.2018
886

Kimyo bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori Ryodzi Noyori O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari Aziz Abduhakimov bilan uchrashdi. Shuningdek, Nagoya Universiteti rahbari Matsuo Seyiti boshchiligidagi Yaponiya delegatsiyasi vakillari ham uchrashuvda ishtirok etishdi. 

Tadbir O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus  vazirligi, Innovatsiyalar vazirligi va Fanlar Akademiyasi rahbarlari ishtirokida o'tdi. Yaponiya delegatsiyasi O'zbekistonning maktabgacha ta`lim, o'rta va oliy ta`limdagi islohotlarning borishi bilan tanishdi. 

Bundan tashqari, tomonlar O'zbekistonda yetakchi xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikda ularning filiallari, fakultetlari faoliyati va ta`lim dasturlarini yo'lga qo'yish muhimligini qayd etishdi. 

O'zbekiston tomon mamlakatimizda Nagoya Universiteti filiali faoliyatini tashkil qilish taklifini bildirdi. O'z navbatida, Ryodzi Noyori davlat sektorlari, oliy ta`lim muassasalari va ishbilarmonlar bilan hamkorlikda ishlovchi Davlat tadqiqotlar markazini yaratishni taklif qildi. 

Tashrif davomida Noyori Yoshlar markazida ma`ruza o'qidi. O'zbekiston-Yaponiya innovatsion markazida Ryodzi Noyori va ilmiy-tadqiqot institutlari va oliygohlarning Yaponiyada ta`lim olib kelgan 16 yosh olimi ishtirokida muhokamalar doirasi o'tkazildi. 

Uchrashuv yakunlariga ko'ra, tomonlar Nagoya va Toshkent davlat texnika universitetlari o'rtasidagi memorandumni imzolashdi. Ushbu hujjat o'zbekistonlik talabalarga Nagoya Universitetida bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo'yicha bepul ta`lim olish imkonini taqdim etadi.