Argentinalik hujumchi Lionel Messi «Barselona» rahbariyati bilan yangi shartnomaning barcha punktlari bo'yicha kelishib olgan.
ESPN xabariga ko'ra, kelishuv 2021 yilgacha tuziladi.
Shartnomada futbolchining badal puli sifatida 400 million yevro miqdoridagi mablag' ko'rsatilgan (avvalgisi 250 million yevro edi).
Bundan avval nashrlar yangi shartnomaga ko'ra argentinalik futbolchi jami 120 million yevro maosh olishi aytilgandi.
Yangi shartnoma 30 iyundan keyin imzolanishi kutilmoqda.
Amaldagi shartnoma muddati 2018 yilga qadar tuzilgan.
Qayd etish kerakki, Messi va jamoaning yangi shartnoma borasidagi muzokaralari bir yildan buyon davom etmoqda. O'tgan vaqt davomida tomonlar shartnoma bo'yicha kelishuvga erishilgani haqida o'nlab marta xabar qilishgandi.
Messi «Barselona» safida 2004 yildan buyon to'p surib kelmoqda. Ispaniya chempionatining yakunlangan mavsumida 29 yoshli ushbu hujumchi 34 uchrashuvda maydonga tushdi va 37 gol urdi hamda 10 marta golga pas berdi. U, shuningdek, jamoa tarkibida Chempionlar Ligasida 9ta o'yin o'tkazdi va 11ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu mavsumda «Barselona» Ispaniya Primerasida ikkinchi o'rinni olgan bo'lsa, Chempionlar Ligasining chorak finaliga qadar yetib bordi.