Angliya chempionatida 4-tur o'yinlari davom etmoqda.
Bu turda Unai Emeri shogirdlari Uelsga safar qilib, «Kardiff» mehmoni bo'lishdi.
O'yinda hisob mehmonlar tomonidan ochildi, 11-daqiqada Mustafi raqib jarima maydonida aniq harakat qildi. Ammo birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida mezbonlar yarim himoyachisi Viktor Kamarasa Granit Chakaning xatosidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.
Qayd etish kerakki, Kamarasaning goli uelsliklar jamoasining mavsumdagi ilk goli bo'ldi. Bungacha «Kardiff» APLning yangi mavsumida gol urmagan yagona jamoa bo'lib turgandi.
62-daqiqada Per Emerik-Obameyang va Aleksandr Lyakazett kombinatsiyasi gabonlik hujumchining uzoqdan urilgan goli bilan yakunlandi. Ammo 70-daqiqada mezbonlar jarima zarbasi berilgan vaqtda hisobni tenglashtirishdi, Deniel Uord ikkinchi gol muallifi.
Shundan so'ng Unai Emeri Genduzi o'rniga Lukas Torreyroni tushirdi va ushbu urugvaylik futbolchining harakatlari evaziga hisob tenglashdi. Torreyro Aleksandr Lyakazettni zarba berish uchun qulay nuqtaga chiqardi va fransiyalik futbolchi vaziyatni ko'kka sovurmadi - 3:2.
Endilikda «Arsenal» hisobidagi ochkolar sonini 6taga yetkazgan holda turnir jadvalida 9-o'ringa ko'tarildi, «Kardiff» 2 ochko bilan 16-o'rinda joylashgan.
Angliya chempionati
4-tur
Kardiff – Arsenal 2:3
Gollar: 0:1 – 11 Mustafi, 1:1 – 45 Kamarasa, 1:2 – 62 Obameyang, 2:2 – 70 Uord, 2:3 – 81 Lyakazett.
Kardiff – Eteridj, Morrison, Bennett, Manga, Bamba, Rolls, Kamarasa (Medin, 89), Rid, Arter, Xoylett, Uord (Zoxore, 84).
Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Belerin, Papastatopulos, Remzi, Djaka, Genduzi (Torreyra, 70), O'zil (Uelbek, 84), Obameyang (Mxitaryan, 89), Lyakazett.
Ogohlantirishlar: Monreal (25), Belerin (51), Genduzi (58), Chaka (66), Xoylett (71), Kamarasa (77), Arter (90).