Eronlik xonanda 31 oktabr kuni Toshkentdagi «Istiqlol» san`at saroyi katta sahnasida «Sharq ertagi» nomida yakkaxon konsert dasturini taqdim etishi belgilangandi.
Ammo mutasaddi tashkilotchilarning Kun.uz'ga ma`lum qilishicha, mazkur konsert dasturi texnik sabablarga ko'ra bekor qilingan. Ma`lum qilinishicha, eronlik xonanda bilan moliyaviy masalalarda kelishuv shartlari oxiriga yetkazilmagani konsertning bekor qilinishiga sabab bo'ldi.
Qayd etish kerakki, Arashning Toshkentdagi konserti avvaliga 13 oktabr kuni o'tkazilishi kutilgandi. Ammo dasturning noqonuniy, soxta biletlari tarqab ketgani sababli konsertning o'tkazilish vaqti 13 oktabrdan 31 oktabrga qoldirilgandi.
«Sharq ertagi» uchun chiptalar 50,000 so'mdan 1,400,000 so'mgacha sotilgandi. Endi chiptalar tashkilotchilar tomonidan qaytarib olinadi. Chipta sotib olganlar 30 oktabrdan 10 noyabrga qadar «Istiqlol» san`at saroyi kassalariga kelib, soat 9:00dan soat 18:00gacha murojaat qilishlari mumkin.
Qo'shimcha ma`lumotlar uchun telefon raqamlari: +998 94 699-64-46, +998 99 851-72-04, +998 91 137-28-42.