У нас есть только
оригинальные песни

AQShning eng muvaffaqiyatli tadbirkor ayollari ma`lum qilindi

calendar 12.07.2018
807

Forbes nashri 4-marotaba AQShning o'z kuchi bilan muvaffaqiyatga erisha olgan 60 nafar tadbirkor ayoli ro'yxatini e`lon qildi.  

Nashr ma`lumotlariga ko'ra, bu ayollarning umumiy boyligi 71 mlrd dollarga baholangan, bu esa 2017 yildagidan 15 foiz ko'proqni tashkil qiladi. Bu reytingga kirish uchun zarur bo'lgan minimal kapital hajmi 23 foizga oshib, 320 mln dollarga baholangan. Reytingning so'nggi o'rinidan qo'shiqchi Teylor Svift joy olgan, uning boyligi 320 mln dollarga baholangan.

Ro'yxatga kirgan ayollardan 24 nafari milliarder bo'lib, o'tgan yili bunday ayollar soni 18 nafarni tashkil qilgan.

Reytingga ko'ra, AQShning o'z kuchi bilan muvaffaqiyatga erisha olgan eng boy ayoli ABC Supply kompaniyasi asoschisi Diana Xendriks hisoblanadi. Uning boyligi 4,9 mlrd dollarga baholangan. 2-o'rinni Little Caesars Pizza kompaniyasi hamasoschisi Marian Ilitch 4,3 mlrd dollarlik boylik bilan egallamoqda.

Reytingning 3-o'rnini Epic Systems asoschisi va bosh direktori Judi Folkner 3,5 mlrd dollarlik boylik bilan egallamoqda.

Umumiy hisobda 17 ayol moda va savdo-sotiq sohasi evaziga boylik orttirgan, ulardan 7 nafari kosmetika va terini parvarishlash vositalarini sotish bilan shug'ullanadi. Texnologiyalar sohasi reytingga kirgan 13 ayolga, ommaviy axborot vositalari va ko'ngil ochish sohasi 10 ayolga katta boylik keltirgan.