Xantington shahridagi (AQSh, G‘arbiy Virjiniya shtati) WSAZ telekanali ob-havo ma’lumoti dasturi olib boruvchisi Chelsi Ambris hamkasbi Erika Bivensni kaltaklaganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bivensning okrug sudiga yo‘llangan shikoyatida keltirilishicha, unda mojarodan so‘ng bosh suyagi sinishi va quloq pardasi yirtilishi qayd etilgan.
Shahar politsiyasiga ko‘ra, ikki ayol o‘rtasidagi janjalga rashk sabab bo‘lgan. Bivens Chelsini eri Donalddan rashk qiladi va shu sabab ular o‘rtasida mushtlashuv yuzaga keladi.
Agar Ambris aybdor deb topilsa, unga bir yilgacha qamoq jazosi berilishi va 500 dollar atrofida jarimaga tortilishi mumkin.