У нас есть только
оригинальные песни

Qazg‘oqdan qanday qutulish mumkin: eng oddiy va samarali usullar

calendar 03.10.2022
319

Odatda erkak va ayollarda eng ko‘p uchraydigan muammolarning biri ham sochda qazg‘oqning paydo bo‘lishidir. Wday nashri uni bartaraf etishga yordam beradigan eng oddiy, ammo samarali usullar bilan bo‘lishdi.

Avalo qazg‘oq nima ekanini aniqlab olish zarur. Keyin u bilan qanday samarali kurashish kerakligi ma’lum bo‘ladi. Qazg‘oq, aslida, epidermal hujayralar bo‘lib, ular yog‘ bezlarining buzilishi natijasida yuvilmaydi. Aksincha, soch tolalari orasida qolib ketadi.

Agar qazg‘oq jiddiy kasallikning alomati bo‘lmasa, lekin shartli ravishda kosmetik xususiyatga ega bo‘lsa, shunchaki qazg‘oqqa qarshi shampunini sotib olish tavsiya etiladi.
 

Shampun tarkibida kislotalar bo‘lishi kerak (masalan, salitsil, laktik — ular eksfoliatsiyaga yordam beradi). Shu bilan birga, agar yog‘li seboreya bo‘lsa, unda har kuni sochni yuvish kerak. Quruq seboreya bundan farqli o‘laroq, kundalik yuvish faqat zarar keltiradi.

Agar sochlar qazg‘oqqa qarshi shampun bilan yuvilsa va u yo‘qolmasa, bu kosmetik muammo emas, balki kasallikdir. Buning uchun dorixonadan terapvetik mahsulot xarid qilish lozim.

Bunday holda, kompleks terapiya qazg‘oqqa qarshi kurashishga yordam beradi. U bir vaqtning o‘zida bir nechta komponentlarni o‘z ichiga oladi.  Birinchi 2-3 haftada bunday mahsulot faol ishlatiladi, keyin esa parvarishlash terapiyasi sifatida.

Shuningdek, yog‘ bezlarining ishini normallashtirish uchun yog‘li, qovurilgan, spirtli ichimliklardan voz kechish lozim. Ratsionda ko‘p to‘yinmagan yog‘li kislotalar, B vitaminlari mavjudligini oshirish juda muhim.

Yana bir yaxshi yordam — ozon terapiyasi, kriomasaj, mezoterapiya bilan ta’minlanadi. Qazg‘oqdan qutulish uchun sochingizni dorivor shampunlar bilan to‘g‘ri yuvish kerak. Asosiy qoidalar:

  1. Suv iliq bo'lishi lozim — 36-37 daraja, chunki issiq harorat yog‘ bezlarini rag‘batlantiradi va bakteriyalarning ko‘payishi uchun qulay muhitga hissa qo‘shadi.
  2. Shampunni ishlatishdan oldin chayqatish kerak, shunda pastki qismida joylashishi mumkin bo‘lgan terapevtik komponent asosiy massa bilan aralashtiriladi.
  3. Shampunni avval bosh terisiga yumshoq massaj harakatlari bilan surtish kerak. Shundan keyingina sochning butun uzunligi bo‘ylab pastga tushiladi.
  4. Shampun boshda 3-5 daqiqa ushlab turiladi — faol antifungal tarkibiy qismning ta’siri uchun. Shampun bosh terisiga qayta taqsimlash uchun vaqti-vaqti bilan massaj qilinadi. So‘ngra iliq suv bilan yuvildi.
  5. Yuvish jarayonining oxirida sovuq suv bilan chayiladi — bu bosh terisi tomirlarini toraytiradi va yog‘ ajralishini kamaytiradi.
London kolleji universiteti genetiklari qiziq bir kashfiyot qildi. Olimlarning fikricha, ular sochlarning siyraklashishi va qalinlashishi uchun mas’ul bo‘lgan bir qator genlarni topishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar jingalak sochlar uchun mas’ul bo‘lgan, shuningdek, qoshlarning zichligi genini ham aniqladi.

Tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan soch niqoblari uzoq vaqtdan beri foydalanib kelinadi. Qazg‘oqni uyda va arzon narxda davolamoqchi bo‘lganlar xalqon usullarni qo‘llashi mumkin.

Lavlagi sharbati. Yangi siqilgan lavlagi sharbati boshga surtiladi. Bir soatdan keyin shampun bilan yuvib tashlanadi.

Dengiz tuzi. Bir stakan suvda 2 osh qoshiq tabiiy dengiz tuzi eritiladi. Bosh terisi va sochlarga qo‘llanadi. Bir necha daqiqa massaj qilinib, shampun bilan yuvib tashlanadi.

Aspirin. Shampunning odatdagi bitta porsiyasiga 2 ta maydalangan aspirin tabletkasini qo‘shiladi. Sochni aralashma bilan yuvib, massaj qilinadi. Aspirinni iste’mol sodasi bilan almashtirish mumkin.

Qichitqi o‘ti qaynatmasi. 1,5 litr suvga 1 stakan quritilgan qichitqi solinadi. 20 daqiqa davomida suv hammomida qaynatiladi.

Limon qaynatmasi. 5-6 limonning qobig‘i 1,5 litr suvda 20 daqiqa qaynatib olinadi.

Niqob va kompresslar:

  • kastor yog‘i va spirt teng nisbatda;
  • Olma sirkasi va suv 1:1 nisbatda;
  • 1:9 nisbatda o‘simlik yog‘i va dengiz shimoli yog‘i;
  • 1 dona tuxum sarig‘i, 1 choy qoshiq repey yog‘i va asal;
  • 1 dona tuxum sarig‘i, 1 choy qoshiq kastor yog‘i, asal, limon.
  • 1 dona tuxum sarig‘i, 1 osh qoshiq zaytun moyi, 1 choy qoshiq asal, limon sharbati va yangi xurmo pyuresi.
  • 1 dona tuxum sarig‘i, 3-4 yosh qichitqi barglari sharbati, 2 osh qoshiq smetana, 2 choy qoshiq xantal yog‘i va suli yormasi.
  • 1 dona tuxum sarig‘i, 1 choy qoshiq asal va aloe sharbati, 1 osh qoshiq har qanday o'simlik moyi.
Faol elementlarning harakat qilish vaqti bo‘lishi uchun niqoblarni 30-60 daqiqa davomida boshda ushlab turish kerak. Ular soch ildizlariga qo‘llanadi. Niqobni qo‘llagandan so‘ng bosh uchun hammom tashkil qilinadi — uni selofan bilan o‘rab, ustidan sochiq yopiladi. Kurs kamida 10 protseduradan iborat.

Yuqoridagi deyarli barcha soch niqoblari nafaqat qazg‘oqni davolashda, balki sochning holatini yaxshilash uchun ham qo‘llanilishi mumkin.

Bosh terisi bilan bog‘liq muammolarning asosiy sabablari organizmdagi ichki buzilishlar bilan bog‘liq. Ular noto‘g‘ri ovqatlanish, vitamin va mikroelementlarning yetishmasligi, ekologik xavflar, doimiy stress, irsiyat, asab, endokrin, ovqat hazm qilish yoki gormonal tizimlar faoliyatining buzilishi, bakterial va virusli infektsiyalar, noto‘g‘ri tanlangan kosmetika tufayli yuzaga keladi.

Ichki va tashqi tomondan o‘rtadagi bu bog‘liqlikni tushunib, sanab o‘tilgan shartlarni tuzatishning birinchi qadamlarini aniqlash mumkin. Birinchidan, eng xavfsiz va tabiiy shampun mahsulotlarini tanlang. Ikkinchidan, trixolog va dermatolog bilan bog‘lanish tavisya etiladi. Shunda butun organlar va tizimlarning ishini normallashtirish va muammoni bartaraf etish mumkin.