У нас есть только
оригинальные песни

ZUHRA SOLIYEVA: “QALBI OG’RIGANLARGA MALHAM” NOMLI KITOB YOZAMAN

calendar 08.09.2013
4173

-O’zingiz haqingizda, bolaligingiz va san’at olamiga kirib kelishingiz haqida nimalar deya olasiz? Bolaligingizda ham sho’x va shaddod bo’lganmisiz?

 

Men Samarqandda tug’ilib katta bo’lganman. Bolaligimdan juda sho’x va shaddod qiz bo’lganman. Ko’proq o’gil bolalar bilan o’ynaganim uchun shunga momand bolalardek ish tutganman. Maktab davrida egizagim Fotimani yonini olib, xafa qilganlarni maktab orqasiga chaqirib "razborka”lar qilganman. Sinfdoshlarimni ham ayamasdim. Ayniqsa Dilbar ismli sinfdoshimni shunchalik qo’rqitib qo’yganmanki hatto dars tayyorlab kelmaganimda, uni tayyorlagan mashqlarini olib qo’yganman. Hozir eslasam afsuslanaman. Lekin yosh bo’lganman. Shu qilgan ishlarimni to’g’ri deb bilganman. Shunchalik sho’x aytganimni qildiradigan bo’lishimdan tashqari, adolatparvar, haqiqatgo’y va o’ta erka ham bo’lganman. Chunki dadam bizlarga doim adolatli, haqiqatparvar bo’lishni o’rgatgan. Fotima ikkimizni boshiga ko’tarib yurardi. Ayam bizni urishsalar yoki koyisalar " Urushmagin, qizlarni urib-urishib bo’lmaydi. Ayniqsa egizaklarni, chunki ular ollohni bizga yuborgan elchilari” deya yonimizni olganlar.  Mana o’sha kunlar ham o’tib ketdi.  Fotimadan ajralganimdan so’ng Institutga kirish uchun astoydil harakat qildim va  26 yoshimda Toshkentga keldim.   Nasib qilgan ekan institutga o’qishga qabul qilindim.O’qishga qabul qilinishimga ham, san’at olamiga kirib kelishimga Saida Rametovaning hissalari juda katta bo’lgan. Chunki yoshligimdan ulardan teatr hidini olganman. Men ham artist bo’laman deb bolaligimdan san’atga mehr uyg’ongan. Mana endi orzularim amalgam oshdi. Lekin bungungi kunga yetib, muhlislar qalbidan joy olish oson bo’lmagan.

 

-Yuqorida "Saida Rametovadan teatr hidini olganman” deb aytdingiz. Aslida ular sizga kim bo’ladi, ular bilan munosabatingiz qanday?

 

-Saida Rametova xolavachcham bo’ladi. Ular bilan men opa-singillarni farzandlarimiz.  Talabalik davrlarida Samarqandga ko’p kelganar. Kursdoshlari bilan dugonalari bilan biznikiga mehmon bo’lishar edi. Ularni suhbatini, san’at sohasidagi mahoratlarini bir-birlariga namoyish etishlarini ko’rib havas qilganman. Qoshiqni mikrafon qilib, ashulalar  aytib, tuli xil rollarga kirganman. Ular bilan munosabatimiz juda ham yaxshi . Ularni hurmat qilaman. Menga ko’p yordam berganlar.

 

-Lekin ular to’yingizda ishtirok etmadi. Shundan so’ng turli –xil gap so’zlar ham ko’paydi.

 

-To’yimda ishtirok etmaganlarini sababi bitta. Bu ham bo’lsa bizning kasbimiz. San’atkorlar xalq xizmatida bo’lishadi. Kutilmagan holatlar osongina yuzaga keladi. Bundan tashqari to’yim ham tez bo’lib ketdi. Shu sababli kela olmaganlar. Lekin turli xil gap-so’zlar noo’rin. Bizning munosabatlarimiz juda yaxshi.

 

-Kino olamiga kirib kelish uchun nima muhimroq deb o'ylaysiz: Pulmi , iqtidormi yoki tanish bilishmi?

 

-Pul bilan bo’lsa, albatta tanilishi oson bo’ladi. Puli bor 5ta, kerak bo’lsa 10 kinoda ham rol ijro qiladi. Lekin  aktyor va aktrisalarning o’zida mahorati bo’lmasa, iqtidori bo’lmasa xalqni qalbiga kira olmaydi, u ijro qilgan, yaratgan obrazlarini xalq eslamaydi. Tarixda ham qolmaydi.Shuning uchun har bir sohada ishlaydigan odamlarga olloh tomonidan berilgan iqtidor, talant bo’lishi kerak.Ayniqsa san’at sohasida.

 

- Agar aktrisa bo’lmaganingizda qaysi kasbni tanlagan bo’lardingiz?

 

-Shifokor. Shifokor bo’lganda ham oddiy shifokor emas, qalb shifokori bo’lardim. Chunki hamma kasalliklar qalb  og’rig’idan kelib chiqadi. Meditsinada buni sababini asab deb bilashar, lekin qalb boshqa asab boshqa.  Qalb  og’risa organizm kasal bo’ladi, qalb yaralansa butun tana yig’laydi.  Shuning uchun bemorlarni dori bilan emas, yaxshi so’zlar bilan davolardim. Faqat ularga "O’zingin ehtiyot qiling, doimo kulib yuring, yaxshiliklar haqida o’ylang” deb maslahatlar berardim.

 

-Demak siz psihologiya boyicha ham ko’p narsani bilar ekansiz-da?

 

-Ha, psihologiyani o’rganganman. Chunki bu o’zim uchun ham juda kerak bo’lgan. Talabaligimda juda ko’p insonlarni ko’rdim, ko’p xoinliklarga: o’zimga yaqin deb bilgan insonlarning, do’stlarning xoinliklariga duch keldim. O’sha paytdagi xatolarimni, keyingilarini eslab , "o’zingni qanchalik o’zingni hokisor qilib yursang shunchalik odamlar tepib ketar ekan”, degan hulosaga keldim. Yaxshiyu  yomonni farqiga bormaganim menga pand bergan. Men hammani yaxshi deb bilganman, dardlarimni aytganman.Bilmabmanki  hamma ham dardni bir xil emas, har xil eshitar ekan. Kimdir ustingizdan kulib, kimdir achinib, kimdir achinib ichida battar bo’l deb eshitar ekan.Men ularni farqlay olmaganman.Chunki menga bunday tarbiya berishmagan.  Bizlarning oilamizda bunday mug’ombirlik, ayyorlik bo’lmagan. Dadam bizlarni yuqorida aytganimdek doimo haqiqatparvarlik bilan, adolatlilik bilan katta qilganlar. Shundan so’ng psixologiyadan dars oldim. Bu menga juda katta yordam berdi. Uyimdan uzoqqa Samarqanddan Toshkentga borganimda umuman boshqa sharoitga duch kelganman. O’qishda o’qib yurganimda dakkiyam eshittim, gap ham eshittim, kamsitildim ham. "Xunuksan, sen xudo urgan bandasan, haligacha hech narsang yo’q " degan gaplarni ham eshitdim. Agar o’sha paytda bu gaplarni ko’tarmasdan, ular bilan tortishib, uydagi erkaligimni qilganimda hozirgi  yutuqlarimga erishmagan bo’lar edim. Faqat  bitta narsadan norozi bo’lganman. Hech kim sizni haqorat qilishga ham, kamsitishga ham haqqi yo’q ekan. Eh boshimdan nimalar o’tmadi deysiz. Kelajakda o’z hayotim, ko’rgan –kechirganlarim haqida kitob yozmoqchiman.

 

-Qanaqa kitob yozmoqchisiz?

 

-"Qalbi og’riganlarga malham” degan kitob yozmoqchiman. Bu kitob ham hikoya, ham o’quv qo’llanma bo’ladi. Bu kitob boshqalar yozgan kitobga o’xshamaydi. Niyatim uni o’qiganlar ham dars olsin, ham maslahat olsin, ham boshimdan ko’rgan –kechirganlarimni hikoya sifatida o’qisin. Unga hayotim davomida nima voqea bo’lgan bo’lsa hammasini kiritaman. .Chunki har bir o’qigan odam kitobni o’qigan har sahifasidan o’zi uchun nimanidir oladi, o’rganadi. Hayotda qora kunlar ortidan yorug’ kunlar ham kelishiga ishonch hosil qilishadi Bu yangilikni birinchi bo’lib sizlarga aytdim. Ko’nglimda tugib yurgan edim. Mana oshkor bo’ldi.

 

 

-Siz insonlardagi qaysi hislatlarni yomon ko’rasiz va qaysi hislatlarini hurmat qilasiz?

 

-Menga ikkiyuzlamachilik yoqmaydi. Bu fazilatni hazm qila olmayman.Hattoki o’zimga taaluqli bo’lmasa ham qo’shilib ketaman. Qalbi toza insonlarni juda hurmat qilaman. Nazaring baland qalbing toza bo’lsa,  bor-u yo’g’ingda ham bir xil turasan. Boyligingda ham kambag’alligingda ham hamma bir xil qaraydi.

 

Ilk ijro qilgan filmingizni eslay olasizmi?

 

-Birinchi rolim Rustam Sadievning Navruz ayyomiga bag’ishlangan "Voy dod sumalak” filmida suratga tushganman. Bu filmda sotti obrazini yaratganman. Shundan so’ng Zebo Navruzovaning "Bo’rilar” filmida amma obrazini yaratdim. Zebo Navruzovaning aytishlariga qaraganda, film suratga olinish kuniga qadar boshqa aktrisani tanlashgan va suratga olishga bir  kun qolganida , o’sha filmni ko’rib, meni tanlagan.  Shunda meni qidirib topganlar. Bu filmni ko’rib, Jahongir Poziljonov "Boyvachcha " filmiga taklif qilgan. "Bo’rilar” filmida yaratgan obrazingiz juda ajoyib chiqqan, shuning uchun "Boyvachcha” filmini boshida chiqsangiz film oxirigacha rangli va yorqin bo’ladi deb aytgan. Ana undan keyin shu filmdagi parcha qo’l telefonlarigacha tarqalib ketdi. Oddiy xalq ichida ko’rib qolishsa  "Voy qoshlaringga bit tushgur”-ku, "Voy orqa farasi singan ayol”-ku deb qo’llari ko’rsatishgan. Ko’p ijodkorlar o’zlari tahallus tanlashsa, menga xalqni o’zi tahallus topib bergan. Shundan so’ng birin-ketin boshqa kinofilmlardan ham takliflar tusha boshlagan.

 

-Hozirgi kunda qanaqa kinofilmlarda rol ijro qildingiz. Yaqin orada qaysi rejissyorlarning filmlarida yana sizni ko’rishimiz mumkin?

 

-Juda ko’p filmlarda rol ijro qildim. Davlat tomonidan suratga olinayotgan filmlarda ham xususiy filmlarda ham. Xususan Sanjar Boboyevning filmida,  Sherzod O’lmasovning filmida suratga tushdim. Bundan tashqari Jahongir Ahmedov bilan birinchi marta ishladim, ya’ni bu rejissyorning filmida ham  klipida  ham suratga tushdim. Turmushga chiqqanligim sababli o’rtada uzulish ham bo’ldi. Kinofilmlarda rol ijro qilmay qo’ydim. Kimdir meni nomimdan san’atdan ketdi deb gap tarqatganligi bois ham orada tanaffus bo’ldi. Kimgadir bu qo’l keldi, kimdir bundan foydalandi. Ko’pchilik bunga ishondi. Zo’rma-zo’raki o’zim xohlamagan holda ishimni to’xtatishga urunishdi. Mana teatrdan ham  ketgannimni bilmay qolganman.  Lekin sizda iqtidor bo’lsa orada uzulish bo’lsa ham, xoh kino olamida bo’lsin xoh  teatrda  baribir sizni chaqirishadi.

 

 

-Turmush o’rtog’ingiz sizning ijodingizga  qanaqa qaraydilar ?

 

-Ularning munosabatlari juda yaxshi. Ijodimga qarshilik qilmaganlar. Meni doim qo’llab turadilar.Qaynonam ham qo’llab turadilar. Aslida qaynonam o’zimni muhlisim bo’lganlar.

 

-Siz beriladigan rollarni tanlaysizmi?

 

Boshida tanlamadim. Chunki san’atga kirib kelganimda tanlash huquqiga ega emas edim. Oldin o’zimni nimaga qodir ekanligimni ko’rsatishim, mahoratimni namoyon qilishim kerak edi. Mana endi tanlash vaqti keldi. Chunki boshida epizod rollarni taklif qilishgan. Epizod rolni nimasini tanlaysiz?  Tanlamasdan ijro qilaverdim. Lekin epizod rol orqali xalqni ishonchiga kirish juda qiyin. Men buni uddaladim, shundan juda xursand bo’laman. Chunki bu oson ish emas. Bosh qahramonda bitta quyonni urish uchun beshta  o’q bo’lsa, epizoddagi qahramon esa beshta quyonni bitta o’q bilan bittada urishi kerak bo’ladi. Ham esda qolishingiz, ham mahoratingizni ko’rsatishingiz, ham tomoshabinni hayratlantira olishingiz kerak.

 

-Rollarni tanlayotganingizda qaysi jihatlariga e’tibor beryapsiz?

 

-Eng avvalo ssenariyga, keyin g’oyaga. Ssenariy yaxshi bo’lsa film ham yaxshi chiqadi. Men aslida rolimni emas ssenariy va uning g’oyasini tanlayman. Mazmuni , mohiyatini ko’rib chiqaman. Shundan so’ng ssenariy yoqsa rozi bo’laman.

 

-Yana qanaqa rollarni ijro qilishni xohlardingiz?

 

-Chidamlilik, sabr-bardosh, sevib-sevilish, oldinga intilish kabi fazilatlarni o’zida jamlagan, tomoshabin yaratgan obrazimni ko’rib, "hammasi yaxshi bo’lar ekan-ku”, deya xursand bo’lib oyuragida ishonch yanada mustahkam joy oladigan darajadagi obrazni yaratishni istardim. Yig’lab, " hayot shu ekan, baribir yaxshi bo’lmas ekan” deb emas,” hali hammasi yaxshi bo’lar ekan, meni ham hayotimda shunday yorug’ kunlar kelarkan”, deb filmni ko’rib ijobiy fikr bilan tomoshabin chiqib ketsin. Afsuski hali bunday rol taklif qilishmadi.

-Siz komik aktrisa sifatida ko’p rollar ijro qilgansiz Siz aytgandek rolni taklif qilishsa hozir ham rozi bo’larmidingiz?

 

-Albatta bunday filmda rol o’ynardim. Agar bir janrda o’zini mahoratini ko’rsata olgan aktyor aktrisalarni  boshqa janrdagi rollarga ham taklif qilishsa, aktyor ham rejissyor ham o’sadi.  Ya’ni  qolipga tushib qolmaydi. Agar menga shunday tragedik yoki drammatik rol taklif qilishsa rozi bo’lib, mahoratimni shunchalik ishga solardimki, hech kim meni komik aktrisa deb atamas edi. Bu tushuncha uni xayoliga ham kelmas edi.

Lekin rejissyorlar bunday rollarni taklif qilishga cho’chishadi. Profisional rejissyorlarni nazarda tutib gapiryapman. Chunki xalq meni ko’rsa kuladi. Bu ham balki o’rinlidir. Lekin shunday qo’rqmas bir rejissyor bilan ishlasam, rejissyorga ham, menga ham katta yutuq bo’lar edi. Men o’z istedodimga va qobiliyatimga  ishonaman.

 

- Sir bo’lmasa kinolardan qanchagacha gonorar olasiz?

 

- Meni ham o’zimni oladigan, belgilangan gonorarim bor. Lekin  ko’ngilchangligim tufayli ko’pincha pand yeganman. Kinofilm taqdim etilganidan so’ng kimdir lasetti, kimdir kaptiva minib yuripti. O’sha kinofilmning ijodkorlari arzonroq qiling, pulimiz kam deb holi-jonimga qo’yishmas edi. Hozir esa haqiqatdan ham shunaqa sharoitini yomon bo’lsa rozi bo’laman, bo’lmasa qachon pul topsalaring shunda kelinglar deb to’g’ri tushuntiraman. Bilasizmi yana nimasi alam qiladi? O’zi epizod rol bo’lsa, qancha summa belgilanganini ham bilib turib, yangi chiqayotgan qahramonlarga yoki bosh rol qahramonlariga aytmasdan, faqat mendan "arzonroq qiling” deb so’rashadi. Undan ko’ra tekinga tushib berganim yaxshi-ku

 O’zi bir epizod bo’lsa, undan ko’ra mardlarcha pulimiz yo’q, yoki beraolmaymiz, shu filmimda rol o’ynab bering, sizni rol ijro qilishinigizni xohlaymiz  deb aytishsin. Men ham mardlarcha rol ijro etib beraman.

 

  -Tekinga tushib bering deb aytishsa tushib berasizmi?

 

-Tekinga tushganman. Sharoitini tushuntirganda tushunganman. Nima qilaman  aldab, bu haqiqat.

 

-Eshitishimizga qaraganda siz yaxshigina honanda ham ekansiz? Hattoki duet kuylashga ham rozi bo’libsiz?

 

- Xa albatta. Ali Otajonov bilan birgalikda duet kuylamoqchimiz. Men bunga rozilik ham berdim. Hozirgi kunda taronani Ali Otajonov tanlamoqda. Tayyor bo’lsa tez kunda duetni birgalikda taqdim etamiz.

 

-Hayotdagi Zuhra Soliyeva bilan ekrandagi Zuhra Soliyeva o’rtasida qanday farq bor?

 

-Ekrandagi Zuhra Soliyeva badjaxl, hayotda yig’loqiman, ko’nglim juda bo’sh.

 

-Ijtimoiy tarmoqlardagi tanishuvga qanaqa qarisiz? Jiddiy munosabat qursa bo'ladimi?Turmush o'rtogiz bilan tanishuvingiz ham ijtimoiy tarmoqlarda bo’lgan ekan?

 

-Xa shunaqa. Lekin hammaga har xil. Jiddiy munosabat qurish –qurmaslik bu o’zimizga bog’liq. Turmush ortog’im bilan ham ijtimoiy tarmoqda tanishganman. Muhlisim sifatida yozganlar. Shundan so’ng tanishib ketganmiz. Bo’ladigan ish bir kunda, bo’lmaydigani 10 yilda ham bo’lmas ekan. Man turmush ham qurdim, Bir oilaning sevimli bekasiman.

 

-Oilada ayol kishi eridan kattaroq bo’lsa boshqa oilaladan farqli bo’ladimi yoki bir xilmi? Hozirgi shoubiznes olamida bunday nikohlar ko’payib bormoqda, sizning fikringiz?

 

-Sevgi yosh, chiroy, makon va manzil tanlamas ekan. Aql yoshda emas boshda deganlaridek, shunday yoshlar borki, dunyoqarashi kattalarnikidek. Xuddi shunday yoshi katta odamlar borki fikrlashi, dunyo qarashi 16- 17 yosh bolalarnikidek. Lekin oilada ayol kishi erkak kishidan bir pog’ona past bo’lib, xo’p bo’ladi deb tursa bu narsa sezilmas ekan.Chunki bunga o’zim guvohi bo’ldim. Turmush o’rtogim bilan yoshim orasida farq bo’lsa ham bu menga sezilmadi.

 

-Oilali bo’lish sizga qanday ta’sir qildi? Nimalardan voz kechishga to’gri keldi.

 

-Oilali bo’lganimdan so’ng, sho’xliklarimdan voz kechishga to’gri keldi. Hayotimga yangi insonlar kirib kelishi hayotimni yanada o’zgartirdi. Erli ayolman, ayollarga xos  ish yuritadigan bo’ldim. Hozir oila yuritishni qisman bo’lsa ham ko’rdim. Farzandli bo’lsam to’liq oila yuritishni mukammalroq bilib olaman.

 

Hozirda suratga olinayotgan filmlar haqidagi fikringiz qanaqa?

 

Fikrim ijobiy. Chunki beayb parvardigor, xato va kamchiliklar tuzatilib, o’zbek kinosi rivojlanib bormoqda. Katta-katta imkoniyatlar berilmoqda. O’zbekistonni butun dunyo tan olganidek, o’zbek kinosini ham tan olishadi. Chunki kino olamiga qaratilgan e’tibor va imkoniyatlar kelajakda o’z natijasini ko’rsatadi.