Iste'dodli xonanda xamda kinoaktrisa, Nihol mukofoti sovrindori Ziyoda
Qobilova rejissyor Hilol Nasimovning yaqin kunlarda ekran yuzini
ko'rguvchi "Tubanlik" filmi uchun maxsus soundtrek ijro etdi. Botir
Ergashev so'zi, Musaxon Nurmatov musiqasi ila ijro etilagan ushbu
soundtrek "Gul edim" deb nomlanadi. Ushbu soundtrek sho'x yoki mayus
ohangda kuylanganligini esa Ziyoda hozirda sir tutmoqda. Demak barchasi
film taqdimoti arafasida ayon bo'lishi aniq.