Aktrisa Zarina Nizomiddinova qo'shiq kuylashni boshlaganida
ko'pchilik iliq qabul qilmagan edi. "Chumchuq so'ysa ham qassob so'ysin”
degandek.
Lekin Zarina noodatiy klip va ijro yo'nalishi bilan yaxshigina xonanda
ekanligini ham isbotlamoqda. "Afsonaviy” va «Meni kechir» qo'shiqlaridan
so'ng u navbatdagi "Yetar” nomli taronasi ustida ish boshladi.
Jahongir.UZ ohangi va musiqiy sayqali bilan dunyoga kelayotgan qo'shiq
mavzusi sir tutilmoqda. Zarina Nizomiddinovaning aytishicha, yangi
ijodiy ishida muammoli mavzuni ko'targan. Demak, intiqlik bilan kutamiz.