«Yurak
yig’lar»… Bir guruh kinoijodkorlar tomonidan yangi film suratga tushirildi va
ushbu film aynan shunday nom oldi. Tez kunlarda katta ekran yuzini ko’rishi
kutilayotgan «Yurak yig’lar» filmida ayni damda montaj va dublyaj ishlarining
yakuniy qismi bo’lib o’tmoqda.
Mazkur
kartinada siz «Benom» guruhi yigitlari Sarvar va Komil hamda Zarina
Nizomiddinovani bosh rollarda ko’rishingiz mumkin. «Yurak yig’lar» filmida
sevgi uchburchagi yongan muhabbat namoyon bo’ladi. Film rejissori Akrom
Shohnazarov, prodyuser Mirshod Rajabov, ssenariy g’oyasi esa Sarvar Azimovga
tegishli. «Yurak yig’lar» kinokartinasida Sarvar Ali obrazida, Komil esa Behruz
obrazida gavdalanadilar. Aslida film prodyuseri filmda Sarvar va Komil o’z
ismlarida chiqishini so’ragan edi, biroq rejissor va «Benom» guruhi yigitlari
kelishgan holda bosh qahramonlarni Ali hamda Behruz deb nomlanishiga kelishib
olishgan. Filmni tomosha qilar ekansiz, unda G’urur va Muhabbat
qarama-qarshiligiga guvoh bo’lasiz, taqdir zarbalariga duch kelgan sevgi qissasini
ko’rishingiz mumkin.