У нас есть только
оригинальные песни

Yurak va jigarni davolaydigan, jinsiy muammolarni bartaraf etadigan taqinchoqlar

calendar 01.02.2017
3851

Ehtiyot bo`ling, uzuk!

Uzuklar barmoqlarning biologik faol nuqtalari orqali organizmning eng muhim tizimlari — ovqat hazm qilish, gormonal, tanosil, tayanch-harakat tizimlariga ta`sir ko`rsata oladi. Uzuklarni bir sutkada 6 soatdan ko`p taqish tavsiya etilmaydi. Kechasi esa ularni albatta echib qo`yish kerak. Bir vaqtning o`zida uchtadan ko`p uzuk taqish mumkin emas.

Barmoqlarni juda siqib turadigan uzuk radikulit va osteoxondrozni keltirib chiqarishi mumkin.

Tilla — depressiyaga qarshi!

Tilla organizmdagi barcha jarayonlarni faollashtiradi. Shuning uchun melanxoliya, apatiya va ishtaha yo`qligida bu metalldan ishlangan taqinchoq taqish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, tilla xotirani yaxshilab, yurakni baquvvat qiladi. Kumush uzuk va zirak taqish serzardalik holatlarida yordam beradi. Qolaversa, kumush nafas olish va ovqat hazm qilish tizimlari xastaliklarida yordam beradi.

Tilla va kumush taqinchoqni birgalikda taqish tavsiya etilmaydi. Chunki bu metallarning bioquvvati turlicha. Shuning uchun birgalikda taqqanda organizmga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin.

«Makkor» bijuteriya

Bijuteriya narxi arzon bo`lsa-da, allergiya chaqiradi. Bu ko`zni quvnatadigan uzukchalar, bilaguzukcha va zirakchalar ulkan ko`ngilsizliklarni «tuhfa etishi» mumkin. Chunki allergiya o`zini kutilmaganda namoyon etadi.

Eng allergiya chaqiruvchi tosh — nikel. Bu metalldan yasalgan taqinchoq qariyb 20 foiz insonda teri qichishishini keltirib chiqaradi.

«Mo``jizakor» toshlar

Jigar faoliyati buzilganda malaxit (yashil rangli tosh)li mis zirak taqish tavsiya etiladi. Jinsiy muammolarni hal etishda esa qizil rangli toshlar — rubin, turmalin, qizil serdolik va qizil yashma yordam beradi.

Kimning buyragi va tanosil tizimida muammolari bo`lsa, nefrit va kumush taqishni tavsiya etish mumkin.

Qaysi barmoqqa taqish kerak?

Har bir burj vakilining muayyan toshi borligini hamma biladi. Biroq bu tosh organizmga ijobiy ta`sir ko`rsatishi uchun u bilan bezak berilgan taqinchoqni qaysi barmoqqa taqish kerakligini ham bilish kerak. Hamal, arslon, o`qotar burjlari vakillari uchun bu ko`rsatkich barmoqqa to`g`ri kelsa, sunbula, savr, jadiy o`rta, javzo, mezon, dalv burjidagilar nomsiz, saraton, aqrab, hutlar jimjiloqqa taqishlari o`rinli.

Zirak tanlaymiz!

Taqinchoqning bu turini taqishda bir qancha qoidalarga amal qilish talab etiladi. Avvalo hammasi quloqni to`g`ri teshishga bog`liq. Chunki quloq solinchagida til, ichki quloq, yuz, bodomcha bezlarining biologik faol nuqtalari joylashgan. Muolajani amalga oshirish uchun mutaxassisga — refleksologa murojaat etish lozim.

Ziraklarga kelsak, u qadar yirik bo`lmaganlarini tanlagan ma`qul.

Яндекс.Метрика