У нас есть только
оригинальные песни

YouTube o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratadi

calendar 25.08.2016
1329

YouTube servisida ijtimoiy tarmoq funksiyasini bajaradigan yangi Backstage bo‘limi ochiladi. Bu haqda, VentureBeat nashriga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Backstage taniqli videoblogerlarga o‘z obunachilari bilan nafaqat roliklar, balki qisqa xabarlar va foto yordamida muloqot qilish imkoniyatini beradi. Bu kabi xabarlar foydalanuvchilarning tasmasida ijtimoiy tarmoqlardagi kabi aks etadi.

Yangi bo‘lim shu yilda ishga tushiriladi.

Яндекс.Метрика