У нас есть только
оригинальные песни

YOMG'IR YOG'SAYU YUVILIB KETSAM...

calendar 04.11.2012
7432

YOMG'IR YOG'SAYU YUVILIB KETSAM...

Bir yaproq bo'lsam, daraxtga osilgan, 
Kuz kelsa-yu, hazon bo'lib sochilib ketsam. 
G'ubor bo'lsam oyoq ostida bosilgan, 
Yomg'ir yog'sa-yu, yuvilib ketsam...

Yoki bir tosh bo'lsam, cho'qqining bag'rida, 
Mayin sabo ta'sirida yiqilib tushsam. 
So'ngra ko'milib dengiz qarida, 
Hammaning yodidan abadga o'chsam...
 
Hamma unutsa... eslamasa bir zumga, 
Ko'milib ketsam tuproqning tub- tubiga, 
Yoshlarni to'xtatsa edi tuproq kirib ko'zimga... 
Qurtlar teshsa tanamni, sezilmasa o'zimga... 

Yomg'ir bo'lsam, tomchilab yerga talpingan, 
Singib ketardim zaminning qat- qatiga, 
Izlashsalar topolmasdi bir bor atiga... 
Shunda tog'lar qulardi men oshiqning jur'atiga... 

Qor bo'lolsam edi, pokiza- beg'ubor, 
Xorigan dillarga halovat bag'ishlardim... 
Shunda ko'z yoshlarni muzlatib tashlardim... 
Zum o'tmay esa alvido aytib, eriy boshlardim... 

Yoki ko'z yosh bo'lsam, onamning ko'zida, 
Bir bor yig'laganda to'kilib ketsam, 
Yerga to'kilmasdan, qolib yuzida, 
Lablari oldida qurib bitsam... 

Pardek yengil bo'lsamu, shamollar uchirib ketsa, 
Hech kimga sezdirmay yo'qolib qolsam... 
Ul shamol meni bulutlar qariga eltsa, 
So'ngra hech kim topolmasa... abadga qolsam... 

Suv ostiga cho'kkan bir qism 
Cho'g'dek...so'nsam-u, abadga yo'qolsam...