У нас есть только
оригинальные песни

Yevrokomissiya Facebook’ga nisbatan tergov boshladi

calendar 20.12.2016
1100


Facebook ijtimoiy tarmog'i WhatsApp messenjyerini sotib olish bo'yicha bitimning ko'rib chiqilishida noto'g'ri axborot taqdim qilgan bo'lishi mumkin, deb aytilmoqda Yevrokomissiya xabarida. Yevrokomissiya bu masala bo'yicha o'z e`tirozlarini kompaniyaga yubordi. "Facebook’da 2017 yil 31 yanvargacha bizning dastlabki xavotirlarimizga javob berish uchun vaqt bor", deb aytdi jurnalistlarga YeKning matbuot xizmati vakili.Uning aytishicha, agar xavotirlar tasdiqlansa, kompaniya jarimaga tortilishi mumkin.YeKning fikricha, Facebook YeK tomonidan WhatsApp sotib olinishi bo'yicha bitimni ko'rib chiqayotganda "noto'g'ri yoki chalg'ituvchi ma`lumotni taqdim qilgan" bo'lishi mumkin.2014 yil oktabrda Facebook WhatsApp’ni 19 mlrd dollarga sotib olgan. YeK bu bitimga ruxsat bergan. Komissiyaning ta`kidlashicha, joriy tergov YeKning messenjyerni sotib olish bo'yicha qaroriga ta`sir qilmaydi.

Яндекс.Метрика